Dasturlash asoslari fanidan masalalar to’plami
Uzunlik L santimetrda berilgan. Undagi to'liq metrlar sonini aniqlovchi programma tuzilsin (1 metr = 100sm)
A va B (A > B) musbat sonlar berilgan. A kesmada, B kesmani necha marta joylashtirish mumkinligini
aniqlovchi programma tuzilsin.
Ikki xonali son berilgan. Oldin uning o'nliklar xonasidagi raqamni, so'ng birlar xonasidagi raqamni chiqaruvchi programma tuzilsin.
Uch xonali son berilgan. Uning o'nliklar xonasidagi raqam bilan yuzliklar xonasidagi raqamni almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. (Kirish=123; Natija=213).
999 dan katta bo‟lgan son berilgan. Bir marta bo'lib butunni va bo'lib qoldiqni olish operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni yuzliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o'tdi. Kun boshidan boshlab qancha minut to'la o'tganligini aniqlovchi programma tuzilsin.
Hafta kunlari quyidagi tartibda berilgan: 0 – yakshanba, 1 – dushanba, 2 – seshanba, ... , 6 – shanba. 1-365 oraliqda yotuvchi K soni berilgan. Agar 1-yanvar dushanba bo'lsa, kiritilgan K – kun haftaning qaysi kuniga to'g'ri kelishini aniqlovchi programma tuzilsin.
A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring “A soni musbat”.
A butun soni berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring “A soni toq son”.
x, y sonlar berilgan. Jumlani rostlikka tekshiring: “Koordinatalari (x,y) bo'lgan nuqta koordinata choragining birinchi yoki uchunchisida yotadi”.
Shaxmat doskasining x, y koordinatalari berilgan (1-8 oraliqda yotuvchi butun sonlar). Doskaning chap pastki maydoni (1,1) qoraligini hisobga olib, jumlani rostlikka tekshiring: “Berilgan (x, y) maydon oq”.
Butun son berilgan. Agar berilgan son musbat bo„lsa, 1 ga oshirilsin, aks holda o„zgartirilmasin. Hosil bo’lgan sonnni ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin.
Kordinatalar tekisligida butun son berilgan. Agar nuqta koordinata boshida yotsa, 0 chiqarsin. Agar nuqta OX yoki OY o„qlarida joylashsa mos holda 1 va 2 chiqarilsin. Agar nuqta koordinata o„qida joylashmasa 3 chiqarilsin.
OX va OY koordinata o„qlarida yotmaydigan nuqta berilgan. Nuqta joylashgan koordinata choragi aniqlansin.
Koordinata o„qlariga parallel ravishda to„g„ri to„rtburchakning uchta uchi berilgan, to„rtinchi uchi koordinatasini aniqlansin.
Yil berilgan (musbat butun son). Berilgan yilda nechta kun borligini aniqlovchi dastur tuzilsin. Kabisa yilida 366 kun bor, kabisa bo„lmagan yilda 365 kun bor. Kabisa yil deb 4 ga karrali yillarga aytiladi. Lekin 100ga karrali yillar ichida faqat 400 ga karrali bo„lganlari kabisa yil hisoblanadi. Masalan 300, 1300 va 1900 kabisa yili emas. 1200 va 2000 kabisa yili.
Butun son berilgan. Berilgan sonni “musbat toq son”, “manfiy juft son”, “son nolga teng” va h.k ekranga yozadigan dastur tuzilsin.
1-999 oralig„idagi sonlar berilgan. Berilgan sonni “ikki xonali juft son”, “uch xonali toq son” va h.k ekranga yozadigan dastur tuzilsin.