Dasturlash asoslari faniga kirish net arxitekturasi



Yüklə 204,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix06.06.2022
ölçüsü204,72 Kb.
#60801
  1   2   3   4   5   6
1-maruza



Dasturlash asoslari faniga kirish. .NET arxitekturasi 
 
Oxirgi yillarda C# tili va u bilan bog‘liq bo‘lgan muhit, ya’ni .NET platformasi 
dasturiy ta’minot yaratuvchilar uchun asosiy yangi texnologiya bo‘lib kelmoqda. 
.NET platformasi orqali Windows muhitida hosil qilish mumkin bo‘lgan ixtiyoriy 
dasturlarni yaratish mumkin. C# tili esa yangi til hisoblanib, ushbu muhit uchun 
maxsus ishlab chiqilgan. C# tilidan foydalanib, dinamik WEB – sahifalarni
tarqatma texnologiya asosida yaratilgan dasturlarni, berilganlar bazasi bilan 
ishlovchi komponentlarni yoki oynali Windows dasturlarini yaratish mumkin. S# tili 
yordamida tarmoq yoki Internet dasturlaridan tashqari, Windows platformasida 
ishlovchi ixtiyoriy dasturni yaratish mumkin. C# tilida .NET platformasi orqali 
Windows muhitida dasturlar yaratish metodikasini mukammallashtirish ko‘zda 
tutilgan.
Ma’lumki, kompьyuter tillari o‘z-o‘zidan birdaniga yangidan emas, balki o‘zaro bir-
biriga bog‘liqlikda vujudga keladi. Har qanday yaratilgan yangi til u yoki bu shaklda 
oldinroq yaratilgan mavjud tillarning xossalarini o‘ziga meros qilib oladi, ya’ni 
ketma-ketlik prinsipi amalga oshiriladi. Natijada bitta tilning imkoniyatlari 
boshqalari tomonidan foydalaniladi va ma’lum bir joylari mukammallashtiriladi. 
Kompьyuter tillarining evolyusiyasi shunday tarzda ro‘y beradi va dasturlash 
mahorati takomillashtiriladi.
S# tili ham yuqoridagilardan istisno emas. U boshqa dasturlash tillarining ko‘plab 
foydali imkoniyatlarini meros qilib oldi va dunyoda eng ko‘p qo‘llaniladigan ikkita 
kompьyuter tillari – Si va S++, shuningdek Java tili bilan uzviy bog‘liqdir. S# ni 
tushunish uchun mazkur bog‘liqlik tabiatini aniqlab olish kerak, shuning uchun oldin 
biz ushbu uch tilning rivojlanish tarixi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. 

Yüklə 204,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin