Garchi Java tili dasturlarni bir platformadan boshqasiga o‘tkazishning ko‘plab
muammosini hal qilgan bo‘lsa ham, zamonaviy Internet-muhitida samarali ishlashi
uchun unga bir qator xossalar etmayapti. Ulardan biri bir qancha kompьyuter tillarini
(ko‘p tilli dasturlash) o‘zaro aloqa imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Ko‘p tilli dasturlash deganda turli tillarda yozilgan
kodning birgalikda ishlash
qobiliyati tushuniladi. Bu imkoniyat
katta dasturlarni yaratishda,
shuningdek
ko‘plab kompьyuter tillarida va turli xil operatsion muhitlarda foydalanish mumkin
bo‘lgan alohida komponentlarni dasturlashda juda muhimdir.
Windows platformalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligi Java
ning jiddiy kamchiligi hisoblanadi (Garchi, Java-dasturlari Windows muhitida
installirlashgan JVM mavjudligida bajarishi mumkin bo‘lsa ham).
Ushbu muammoni hal etish uchun Microsoft kompaniyasi 1990 yillar oxirida bu
kompaniyaning umumiy strategiyasi .NET ning tarkibiy qismi hisoblangan S# tilini
ishlab chiqdi (tilning bosh me’mori Anders Xeylьsberg). Alьfa-versiya tili 2000 yil
o‘rtalaridan muomalaga chiqarila boshlandi.
S# tili butun dunyoda keng qo‘llanilayotgan va eng ommabop bo‘lgan S, S++ va
Java dasturlash tillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Hozirda amalda barcha
professional dastur tuzuvchilar mazkur tilni biladi, shuning uchun ularga asoslangan
S# ga o‘tish ortiqcha qiyinchiliklarsiz ro‘y beradi. Xeylьsberg, C++ va Java tillari
muallifi sifatida, “g‘ildirak kashf” qilmadi, balki kashf etilgan yo‘ldan ketdi – asos
sifatida oldin yaratilgan tillardan foydalangan holda e’tiborni
yaxshilash va
innovatsiyalarga qaratdi.
S# ning genealogik tasnifi 1.1. rasmda ko‘rsatilgan. S# tili S++ da aniqlagan ob’ektli
modelga qurilgan. Sintaksisi, ko‘plab kalit so‘zlar va operatorlarni
S tilidan meros
qilib olgan. SHu sababli dasturlashning ushbu tillarini bilganlar uchun S# ni
o‘rganishda hech qanday muammo kelib chiqmaydi.
S# va Java o‘rtasidagi aloqa nisbatan murakkab. Ikkala til ham o‘tkazuvchi kodni
yaratish uchun ishlab chiqilgan, S va S++ larga asoslanadi, ularning sintaksisi va
ob’ektli modelidan foydalanadi. Biroq, mazkur tillar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aloqa yo‘q, ular ko‘proq
umumiy ajdodlarga ega, lekin ko‘plab belgilari bilan farq
qiluvchi amakivachchalarga o‘xshaydi. Agarda siz Java da ishlashni bilsangiz, bu
S# ni o‘zlashtirishingizni engillashtiradi, va buning teskarisi, Java ni o‘rganishda S#
ning ko‘plab konsepsiyalari bilimlari sizga foydasi tegadi.
S# tili mazkur kitobda ko‘rib chiqiladigan ko‘plab innovatsion xossalarga ega.
Birdaniga anglash mumkinki, uning bir nechta eng
muhim yangiliklari dasturiy
ta’minlash komponentlarini o‘rnatilgan qo‘llab-quvvatlashga taalluqlidir.
YA’ni aslida S# komponentlarga yo‘naltirilgan o‘zida, masalan, dasturiy ta’minlash
komponentlarining tarkibiy qismlarini bilvosita qo‘llab-quvvatlovchi elementlarni
(xossa, usul va hodisalar kabilar) qamrab oluvchi til sifatida yaratilgan.
Lekin, ehtimol, S# ning eng muhim yangi xususiyati – bu uning ko‘p tilli muhitda
ishlash qobiliyatining mavjudligidir.
Dostları ilə paylaş: