Standart dasturiy ta’minot foydalanuvchilarning keng doirasi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va bu bilan eng ko‘p umumiy vazifalarni namoyon qilgan bir paytda, soliq idorasi, arxitektorlar, mebel tayyorlovchilar kabi muayyan kasbiy guruhlar tegishli talablarga muvofiqlashtirilgan tayyor xizmatlar ko‘lamiga ega bo‘lgan amaliy dasturlarning tarmoq paketlari deb ataluvchi dasturlardan foydalanadilar, ya’ni bunday dasturlarga talabgor bo‘ladilar.
Agar xizmatlarning bunday o‘ziga xos tarmoq ko‘lami alohida tashkilot muammolarini hal qilish uchun baribir haddan tashqari umumiy bo‘lib chiqsa, unda bir yoki bir nechta tashkilotlar talablariga moslashuvchi alohida dasturiy ta’minot ishlab chiqish imkoniyatigina qoladi xolos. Bu erda misol sifatida bir yoki bir nechta tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan mutlaqo o‘zgacha ishlab chiqarish mashinalarini boshqarish uchun qo‘llanuvchi ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimini tasavvur qilish mumkin.
Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalarga muvofiq texnik yoki iqtisodiy sohalaridagi muammolarni ma’lumotlarga ishlov berish texnikasi va texnalogiyalari yordamida echish uchun turlicha alternativalar (yondoshuvlar) mavjud:
Mavjud dasturiy ta’minotdan foydalanish yoki uni qo‘lga kiritish.
Yangi standart, tarmoq yoki alohida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish .
Bu orqali o‘z kuchlari bilan yoki ishlab chiqish haqidagi yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqish haqidagi masalaga bevosita bog‘liq bo‘lib, u har doim ham tashkilotning ichki «Nou-Xau»si tomonidan aniqlanavermaydi. AT tashkilotiga dasturiy mahsulot ishlab chiqishni topshirish foydalimi yoki bunday dasturiy loyihani o‘z tashkilotida amalga oshirish foydalimi degan savolga javob beradi va mohiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish iqtisodiy tabiatini namoyon qiladi (xarajatlar, foydalar, tahlil).
Ushbu savolning echimi, xususan biznesga yo‘naltirilgan AKT tizimlari bo‘yicha mutaxassislarning vazifalariga kiradi. Shuning uchun ham bu o‘rinda ushbu mavzuga bundan keyin qaytilmaydi, faqat bir mulohazani qayd qilamiz, ya’ni dasturiy loyihaning xarajat-foyda, ishlab-chiqarish iqtisodiy tahlili masalaning fanlararo tipik qo‘yilishi bo‘lib, bunda O‘zbekistondagi o‘qitiladigan barcha yo‘nalish AKT mutaxassislarining hamkorligi talab qilinadi.