Dasturlash asoslari


O‘QUV QO’LLANMADAN FOYDALANISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə4/111
tarix07.01.2024
ölçüsü2,09 Mb.
#203273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Dasturlash asoslari

O‘QUV QO’LLANMADAN FOYDALANISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR

Ushbu o‘quv qo’llanma standart dasturlash, ma’lumotlar bazalarini dasturlash va WEB dasturlash sohasining bundan keyingi barcha bosqichlari uchun asosdir, chunki bu o‘quv qo‘llanmada dasturlash texnologiyalari bayon etilgan. Dasturlash texnologiyalari esa barcha dasturlash tillarida ishlatiladi.


O‘qituvchi o‘quvchining dasturlashning bu erda tavsiya qilingan usullari va texnikalarini yaxshi o‘zlashtirishiga va ayniqsa, yagona va aniq atamalardan foydalanishga e’tibor qaratishi kerak. Bu bilan turli tillardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan anglashilmovchiliklardan qutilishga muvaffaq bo‘linadi. AKT- mutaxassislari dunyosi o‘zining alohida tiliga ega va faqat atamalarni to‘g‘ri qo‘llash dasturlash jarayonida ishtirok etuvchi odamlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani bekamu-ko‘st bo‘lishini ta’minlaydi. Alohida muhim atamalar kitobda qo‘shimcha ravishda inglizcha nomlari bilan ko‘rsatilgan. Bu xalqaro doirada (mas. Tenderlarda, ingliz adabiyotida yoki ingliz tilidagi maqolalarni Internet qidiruvida) o‘zaro aloqa uchun katta ahamiyatga ega va zarurat bo‘lganda bu atamalar o‘quvchilar tomonidan qo‘shimcha maxsus ingliz tili (kasblar uchun ingliz tili) darslarida o‘rganilishi kerak.
Ushbu darslikning mazmuni o‘quvchilar tomonidan boblar bo‘yicha urganilishi kerak. Keyingi boblarda oldingi boblardagi ma’lumotlar va atamalardan foydalanilishi sababli, boblar tartibi ongli ravishda tanlandi. Har bir bobning o‘quv materialini amaliy topshiriqlar va mashqlar yordamida chuqurlashtirish lozim.
Har bir bob oldidan qora rang matn maydonida qisqacha umumlashtirilgan shaklda o‘quv maqsadi taqdim qilingan
O‘quv maqsadi
O‘quvchilar uchun muhumi shuki, alohida muhim ma’lumotlar va asosiy atamalar bobda kulrang matn maydonlarida ko‘rsatilgan.
Alohida muhim ma’lumotlar, qoidalar va asosiy atamalar eslab qolish uchun qora matn yordamida ko‘rsatilgan.
Shu tarzda taqdim qilingan asosiy ma’lumotlar har qanday holatda imtihon uchun muhimdir, va ular darslikni o‘rganib chiqqandan keyin har bir o‘quvchi tomonidan mustahkam o‘zlashtirib olinishi lozim.
Nihoyat, bu o‘quv qo‘llanma dasturlash sohasidagi asosiy mashg‘ulotlarni qo‘lga kiritish uchungina xizmat qilmasdan, balki o‘quvchiga barcha amaliy mashg‘ulotlarda hamda bundan keyingi dasturlashda hamroh bo‘lishi kerak.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin