4. DASTURLAR ISHLAB CHIQISHNING TEST USULLARI
O‘quv maqsadi
O‘quvchi eng muhim test usullarini biladi va uni misollarning biri orqali tushuntirib bera oladi
Tarkibi
Yozuv stoli oldidagi test
Black Box <> White Box
Test ma’lumotlari
Modul testi
Umumiy test
Dastur ishlab chiqilayotganda, ya’ni dasturning oxirgi, tarjima qilsa bo‘ladigan va umuman olganda ishlaydigan kodi (Quellcode) mavjud bo‘lsa, unda dasturning ushbu kodi istalgan talablarga muvofiq kelish-kelmasligi tekshirib ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Bu test nazorati (testlash) deb ataladi.
Testlash sifat kafolatining bir qismidir (6-bobga qarang). Test nazoratining ko‘p ko‘rinish va usullari mavjud. Bu bobdagi namunalarda eng muhim usullar ko‘rsatiladi va izohlanadi.
Testlash – bu havaskor dasturchilar qo‘llashni yaxshi ko‘radigan sinov emas. Professional dasturlar muntazam ravishda testdan o‘tib turishlari, funksionallik tasnif (spesifikatsiya) bilan mosligini hujjat bilan tasdiqlash uchun esa test natijalari hujjatlashtirilishi kerak.
Hech bir test dasturning 100% aniqlikni tasdiqlay olmaydi. Har bir test ma’lum shart-sharoitlarda ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot istalgan natijani berishnigina tasdiqlash mumkin. Dasturiy ta’minot sohasida (2-bobga qarang) dasturning funksionalligi qanchalik aniqroq bayon qilingan bo‘lsa, uning ishlashini shunchalik aniqroq tekshirish mumkin.
Testlar dasturchilar tomonidan ham, dasturlash bilimlariga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar tomonidan ham o‘tkaziladi. Ko‘pincha foydalanuvchilar dasturchilarning xayollariga ham kelmagan shunday yo‘llar bilan ham dasturdan foydalanadilar.
Shu tarzda xatolar topilishi va tuzatilishi mumkin.
Testlashning turli xil usullarini kengroq tushintirish uchun quyida masalani oydinlashtiradigan oddiy misol tanlaymiz: «Bubblesort»- saralash algoritmi.
Dostları ilə paylaş: |