7.1 Hujjat turlari
Ko‘pincha dasturchilar butun diqqatlarini tobora ko‘p miqdordagi va tobora murakkab vazifalar ishlab chiqarishga qaratadi va hujjatlar bilan ishlashga keragicha e’tibor bermaydi. Biroq aynan yaxshi hujjatlashtirish tizimli dasturning sifat belgisidir va shuning uchun hujjatlashtirishga avvaldan etarlicha vaqt va resurslar rejalashtirilgan bo‘lishi kerak, uni ishlab chiqish esa sinchiklab amalga oshirilishi kerak.
Dasturni ishlab chiqarishda hujjatlarning quyidagi turlari farqlanadi:
Hujjat turlari
|
Mo‘ljallangan guruh
|
Shakl
|
Foydalanuvchi hujjatlar
|
Foydalanuvchi
|
Ma’lumotnomadan onlayn-yordam, CD
|
Dasturiy ta’minot bo‘yicha hujjatlar (tizim hujjatlari)
|
Dasturchi tizim ma’muri
|
Boshlang‘ich kod hujjatlari, listinglar, tasniflar, diagrammalar
|
Loyiha hujjatlari
|
Buyurtmachi, menejer
|
Axborotlar, loyiha hisobotlari
|
7.1-rasm. Hujjat turlari, shakllar va mo‘ljallangan guruhlar
Hujjatlashtirishdan maqsad shuki dasturni o‘zi ishlab chiqmagan, aloqasi yo‘q shaxslar ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot xizmatlari va qo‘llanishi qanday bo‘lsa, uning qurilish va ichki tuzilishi ham shunday ekanligini tushunib tasavvur qila olsinlar.
7.2 Foydalanuvchi hujjatlari
Dasturiy ta’minot foydalanuvchi hujjatlarini foydalanuvchisi va dasturiy ta’minot qo‘llanilayotgan tashkilotning tizim ma’muri uchun tuziladi. Odatda, bu hujjatlar bir yoki bir nechta ma’lumotnoma ko‘rinishida tuziladi yoki lazer diskiga (CD) yoziladi va 3 qismga ajratib chiqiladi.
Installyatsiya bo‘yicha ma’lumotnoma
Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotnoma
Boshqarish bo‘yicha ma’lumotnoma
Dostları ilə paylaş: |