13.2. Ikki o`lchovli massivlarga ishlov berish Key Point. Ikki o`lchovli massivlarga ishlov berishda for – sikl ooperatoridan ko`p foydalaniladi. Faraz qilaylik, matrix massivi quyidagicha e’lon qilingan:
const intSATR_HAJM = 10;
const intUSTUN_HAJM = 10;
int matrix[SATR_HAJM][USTUN_HAJM];
Quyida ikki o`lchovli massivlarga ishlov berishga doir bir nechta misollar keltirilgan:
(Massivlarni qiymatlar bilan yuklash) Quyidagi sikl operatori massivni foydalanuvchi kiritgan qiymatlar bilan yuklaydi:
cout << SATR_HAJM << " ta satr va " << USTUN_HAJM
<< " ta ustun elementlarini kiriting: " << endl;
for(int i = 0; i < SATR_HAJM; i++)
for(int j = 0; j < USTUN_HAJM; j++)
cin >> matrix[i][j];
(Massivlarni tasodifiy qiymatlar bilan yuklash) Quyidagi sikl operatoridan foydalanib, ikki o`lchovli massivni tasodifiy qiymatlar bilan chiqarishmiz mumkin:
for (int satr = 0; satr < SATR_HAJM; satr++)
{
for (int ustun = 0; ustun < USTUN_HAJM; ustun++)
{
matrix[satr][ustun] = rand() % 100;
}
}
(Massivni chiqarish) Ikki o`lchovli massivni chiqarish uchun quyidagi sikl yordamida har bir element chiqarilishiga buyruq beriladi:
for(int satr = 0; satr < SATR_HAJM; satr++)
{
for(int ustun = 0; ustun < USTUN_HAJM; ustun++)
{
cout << matrix[satr][ustun] << " ";
}
cout << endl;
}
(Barcha elementlar yig`indisini hisoblash) jami - deb nomlangan o`zgaruvchidan foydalanib, yig`indini hisoblaymiz. jami ning boshlang`ich qiymati 0 ga teng. Sikl operatoridan foydalangan holda, massivning har bir elementini quyidagi tartibda jami ga qo`shib chiqamiz: