Algol 1958-yilda ETHʼda (Syurix, Shveytsariya) bir haftalik konferentsiyada keng koʻlamli ilovalar uchun universal dasturlash tili sifatida ishlab chiqilgan va keyin Xalqaro axborotni qayta ishlash federatsiyasi tomonidan tuzilgan qoʻmita tomonidan yakunlangan. Qoʻmita tarkibiga Yevropa hamda amerikalik bir qancha yetakchi dasturlash tillari sohasidagi olimlar va muhandislar, jumladan, Jon Bekus, Jon Makkarti, Piter Naur, Edsger Deykstr va keyinchalik Kobol tilini rivojlantirish qoʻmitasiga raislik qilgan Jozef Vegstenruen jalb etildi. Dastlab, taklif qilingan ALGOL (ALGOrithmic Language) nomi rad etildi. Ammo u umumiy foydalanishga aylanganligi sababli, IALʼning rasmiy nomi keyinchalik ALGOL 58 ga oʻzgartirilishi belgilab qoʻyildi.
LISP
Lisp tili 1960-yilda J. Makkarti tomonidan taklif qilingan boʻlib, u raqamli boʻlmagan xarakterdagi masalalarni yechish dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan edi. LISP inglizcha LISt Processing (roʻyxatga ishlov berish) iborasining qisqartmasi boʻlib, uning asosiy qoʻllanish sohasini yaxshi taʼkidlaydi. Algebraik ifodalar, grafiklar, chekli guruhlar elementlari, toʻplamlar, xulosa chiqarish qoidalari va boshqa koʻplab murakkab obyektlarni roʻyxat shaklida tasvirlash qulayligi bois ushbu dasturlash tili tezda mashhurlikka erishdi. Xususan, roʻyxatlar kompyuterlar xotirasida axborotni taqdim etishning eng moslashuvchan shaklidir.
COBOL
Kobol 1959-yilda ishlab chiqilgan va asosan biznes ilovalarini ishlab chiqish uchun dasturlar yozish, shuningdek, iqtisodiy sohada ishlash uchun moʻljallangan edi. Tilni yaratuvchilar uni mashinadan mustaqil va tabiiy ingliz tiliga iloji boricha yaqinroq qilishni maqsad qilganlar. Ikkala maqsad ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi; COBOL dasturlari hatto mutaxassis boʻlmaganlar uchun ham tushunarli hisoblanadi, chunki ushbu dasturlash tilidagi matnlar hech qanday maxsus izohga muhtoj emas. Kobol koʻplab ilova hamda dialektlarga ega. Til uchun bir qator standartlar: 1968, 1974, 1985 va 2002-yillarda tasdiqlangan. Eng soʻnggi standart tilga obyektga yoʻnaltirilgan paradigmani joriy etdi.