Dasturning metodik qismi bir butunlikni kasb etib, dastlabki sotsiologik ma’lumotlar yig’ishda foydalaniladigan metodlar tavsifi, ma’lumotlar yig’ishda vositalarning mantiqiy strukturasi, ma’lumotlarni hisoblash texnikasida qayta ishlashning mantiqiy sxemasi kabilarni o’z ichiga oladi.
Dastur quydagi talablarga mos kelishi lozim:
1) uning bacha qoidalari aniq bo’lishi kerak;
2) u ketma-ketlikda va mantiqiy asoslanishi kerak;
3) u ayrim tuzatishlar kiritish mumkin darajada bo’lishi lozim;
4) u mavjud imkoniyatlar bilan hal etish lozim bo’lgan vazifalardan tarkib topgan bo’lishi lozim.
Tanlash: Aksariyat sotsiologik tadqiqotlar yalpi emas, tanlov xarakterida bo’ladi: Qat’iy qoidalar bo’yicha, o’rganilayotgan obyekt doirasida ijtimoiy-demografik belgilariga ko’ra muayyan odamlarni saralab olishdir. Bunday tadqiqot tanlab olingan deb nomlanadi.
Tanlab olish orqali tadqiq etish, o’zi haqida va o’zining fikrlarini beruvchi respondentlardan mahsus saralangan guruhi odamlarining xulq-atvori xaqidagi ma’lumotlarni so’rovnoma vositasida tizimli yig’ib olish usulidir.
To’gri o’tkazilgan tanlov har qanday so’rovnomani muvaffaqiyati kafolati va dastlabki zaruriyatidir. Agar sotsiolog tanlov jamlamasini ya’ni so’rovnomada ishtirok etuvchi odamlar guruhini noto’g’ri tashkil etsa, tadqiqot natijalari aniq chiqmaydi va u hyech kimga kerak bo’lmaydi.
Yalpi so’rovnoma o’tkazishdan ko’ra, tanlov metodi sezilarli ustunliklarga ega. Masalan ish hajmini qisqartiradi, kuch va mablag’ni iqtisod qiliga imkon beradi, amalda yalpi o’rganish imoniyati mavjud bo’lmagan obyektlarni ham o’rganishga imkon beradi. Tanlov tadqiqotning ilmiy qoidalariga rioya etilsagina bu yaxshi natija beradi.
Tanlash sotsiologik tadqiqot obyektining bevosita o’rganishga qo’yilgan elementlari yig’indisidir.
Ishonchli natijalar olish uchun, tanlash qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim.
Mexanik tanlov metodi. Umumiy majmuadan teng oralikdagi respondentlar kerakli miqdorda saralanadi. (masalan, har o’ninchisi).