Gipoteza: Gipoteza – o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni tushuntirishda, muammoni hal etishda, tasdiqlash va rad etish uchun ilgari suriladigan, ilmiy faraz
Gipoteza ilmiy izlanishni bosh yo’nalishini belgilab, asosiy metodologik vosita hisoblanadi va butun tadqiqot jarayonini tashkilotchisi bo’ladi.
«Ilmiy farazga quydagi ikkita asosiy talablar mavjud bo’ladi:
a) ilmiy faraz aniq bo’lmagan tushunchalardan iborat bo’lmasligi kerak;
b) u mavjud usullar yordamida sinovdan o’tgan bo’lishi kerak.2
Ilmiy farazni (gipotezani) tekshirish mantiqiy hulosani keltirib chiqaradigan natijani tekshirish demakdir. Ilmiy farazni tekshirish natijasi farzni tasdiqlash yoki rad etishi mumkin.
Gipotezlar – bu o’rganilayotgan muammoning tavsifi va yuzga kelish sabablari haqidagi takliflar ifodasi.
Gipotezalarni shakllantirish uchun oldingi o’tkazilgan tadqiqotlar ma’lumoti yoki iqtisodiyot, statistika, psixologiyaga oid ma’lumotlar borasida dastlabki axborotlarga tayanish lozim. Izlanuvchilik tadqiqoti ilmiy farazga ega bo’lmasligi mumkin lekin, tahliliy, sababiy aloqalarni, vazifaviy bog’liqlikni o’rgashish, qoidaga ko’ra bunday bog’liqlikning aynan qaysi jihatlari bilan aloqadorligi, qanday tavsiflari, yo’nalishi va kuchi, doimo ilmiy farazga tayanadi.
Tadqiqotning vazifasi – bu tadqiqotda qo’yilgan maqsadni amalga oshirishda, muammoni hal etishda yoki ilgari surilgan ilmiy farazlarni tekshirish uchun zarur bo’ladigan tadqiqot faoliyatidir.
3.Dasturning tadqiqotdagi o’rni va ahamiyati
Belgilarni qayd qilishga asoslanuvchi tushuncha indikator (ko’rsatgichlar) tushunchasi deyiladi. Bu o’rganilayotgan obyektning kuzatish va o’lchash mumkin bo’lgan, boshqa tavsiflari bilan aloqadorlikga kirishadigan, bevosita tadqiq qilish imkoni mavjud bo’lmagan elemen yoki hususiyatlaridir.
Ko’rsatgichlarni izlash jarayoni ko’p bosqichli jarayon hisoblanadi. Qachonki dasturda hal qiluvchi tushunchalardan ko’rsadgichlarni qayd qilishga o’tilsa, bu muassoli holatnig mantiqiy strukturasi anglatadi. Empirik ma’lumotlar yig’ilgandan so’ng, uni yana ushbu stukturaga solishtiriladi va shundan so’ng buning asosida tadqiqot natijalarini izohlash mazmuni yuzaga keltiriladi. Dastlabki ilmiy farazlardan o’z tastiqini topmaganlari chiqarib tashlanadi, mos kelganlari esa amaliyotda sinash uchun joriy etiladi.
Dostları ilə paylaş: |