Datchiklarning asosiy ko’rsatkichlari Datchiklarning turlari ko’p bo’lishiga qaramay, ular bir hildagi bir necha asosiy ko’rsatkichlarga ega:
Statik tavsifnomasi - chiqish kattaligini kirish kattaligiga bog’likligi
(3.3-rasm). Statik tavsifnomasi chiziqli datchiklar (a) uchun sezgirlik koeffityenti o’zgarmaydi.
3.3-rasm. Datchiklarning statik tavsifnomalari
Statik tavsifnomasi nochiziqli datchiklar uchun sezgirlik koeffitsiyenti xar hil nuqtalarda (3.3-rasm, b) xar hil bo’ladi va bu kattatik differensial sezgirlik deyiladi. Uni aniqlash uchun quyidagi formula qo’llanadi:
Ks=dy/dx=Dy/dx (1) Datchikning absolyut xatoligi - datchikning chiqish signalining xaqiqiy y1 va uning hisoblangan y2 qiymatlarning farqi, ya’ni
Dy = y1- y2 (2) Datchikning nisbiy xatoligi - (3) Datchikning dinamik tavsifnomasi - chiqish signalining vaqt mobaynida o’zgarilishini ko’rsatadi.
Datchikning dinamik tavsifnomasi chiqish signalining vaqt mobaynida o’zgarishini ko’rsatadi.
Adabiyotlar: Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G’ulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‘qituvchi, 2011.
Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012.
Aripov N.M. “Avtomatik boshqarish nazariyasi va avtomatika elеmеntlari” ma'ruzalar matni. Toshkеnt, 2010.
Ismoilov A.I., Nazarov O.K. “Avtomatika va avtomatlashtirish asoslari” fanidan ma'ruzalar matni. Andijon, 2006.