Davan davlati



Yüklə 36,16 Kb.
səhifə1/2
tarix13.05.2023
ölçüsü36,16 Kb.
#112804
  1   2
Otaqo\'ziyeva Madina


DAVAN DAVLATI
Otaqo’ziyeva Madina Ravshanjon qizi
Andijon Davlat Universiteti talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada O’zbek davlatchiligida o’zining munosib o’rniga ega bo’lgan Davan davlati va uning hududi, aholisi, chegaralari hamda davlat boshqaruvi, harbiylari, qo’shni davlatlar bilan aloqalari, chegaralari haqida o’zbek va xitoy manbalarida yoritilishi haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar: Parkana, Dovon, Chjan Syan, Bundaxshin , Ulug’ Van, Shi Ji, Ansi(Parfiya), Ban Gu, Pliniy, Daxya, Yuechji.
Davlatchiligimiz tarixi bo’yicha, hali kashf qilinmagan masalalar anchagina. Qadimgi Farg’ona tarixida( Xitoy manbalarida bu o’lka Dovon nomi bilan tilga olinadi, boshqa manbalarda, Parkana deyilgan) tarixchilar uchun muhim bo’lgan uning tashkil topgan va inqirozga yuz tutish yillari aniqlanmagan. Bu davlat, taxminan miloddan avvalgi III asrdan to milodiy III asrgacha mavjud bo’lib, Farg’ona vodiysida joylashgan1.
Bundan ko’rinib turibdiki, Farg’ona vodiysining qadimgi davr tarixi yetarli darajada o’rganilmagan. Tarixiy yozma manbalarda ham bu haqida deyarli hech qanday ma’lumotlar uchramaydi. Xitoy manbalarida ba’zi bir qisqa, uzuq ma’lumotar uchrab turadi. Buning sababi Farg’ona vodiysining Xitoy bilan hududiy jihatdan chegaradosh va qo’shni bo’lganligida deb tasavvur qilish mumkin. Yuqoridagi sabablar taqazosi bilan darslik, qo’llanma va adabiyotlarda Farg’ona vodiysining qadimgi davri tarixi haqida maxsus so’z yurutilmagan. Akademik A.Asqarov “O’zbekiston tarixi” kitobida bu kamchilikni tuzatish bo’yicha dastlabki qadamni qo’ygan.
Qadimgi Farg’ona ahli kelib chiqishi masalasiga kelsak, yunon tarixchilari Sirdaryoning(Yaksart, Tanais) narigi tomonidagi ya’ni shimolidagi skiflar(saklar) yashaydilar deb, guvohlik berib ketganlar. Hamadondan topilgan qadimgi fors, elam, bobil tillaridagi yozuvlarda esa “So’g’diyonadan harida yashovchi saklar” haqida ma’lumot saqlangan. Diqqatga sazovor sazovor tomoni shu yerdaki, ba’zi bir yunonlik tarixchilar(Gekatey, Geradot, Pliniy va boshqalar), hind olimi Panini (taxminan miloddan avvalgi V asr) asarlarida, pahlaviy yozuvida bitilgan “Bundaxshin”da parikani, pariani, prakanva va parkan etnik-geografik atamalari uchraydi. To shu kungacha mazkur atamalarning Farg’ona bilan bog’liqligini isbotlovchi yo inkor etuvchi biron-bir bekami ko’st ilmiy asos shakllanishicha yo’q, desak to’g’ri bo’ladi. Taajjublanarli joyi shundaki, Farg’ona haqidagi “Avesto”da biron so’z yo shunga ishora ham yo’q. Fikrimizcha, farg’onaliklarning kelib chiqishi masalasida jiddiy xulosalarga turtki bo’lishga arzugulik manba sifatida miloddan avvalgi II-I asrlardagi Xitoy mualliflari asarlari xizmat qilishi mumkin. Miloddan avvalgi II-asrning 20-yillarida Farg’ona, So’g’diyona, Baqtriyada safarda bo’lib, Turkistonning mazkur va boshqa qator viloyatlari to’g’risida batafsil ma’lumotlar to’plagan xitoylik elchi Chjan Syan qoldirgan quyidagi guvohlikka e’tibor beraylik: “Davandan (Farg’onadan) g’arbga tomon Ansigacha (Parfiyagacha) bo’lgan ulkan hududda turli tillarda (lahjalarda) so’zlashsalar-da, ammo urf odatlari o’xshash va muomalada bir-birlarini tushunadilar”. Demak, ko’hna Farg’ona ahlining mamlakatimizning boshqa o’lkalari aholisi bilan etnik bog’liqligi masalasida hech shubha yo’q.
Xitoy yozuvchilari Davan davlatiga oid ko‘plab kitoblar yozib qoldirgan. Si Ma Syaning ( mil.avv. II-I asr) “ Tarixiy xotiralar ” va Ban Guning (mil.avv. I asr) “ Birinchi Xan sulolasining tarixi ” asarlari orqali yetib kelgan. Birinchi asar “Shi Ji” mil.avv. 138-23 yillarda bo‘lib o‘tgan voqealarni qamrab olgan. Uning muallifi o‘z asarini yozishda “Shi Ji” da bayon etilgan ma’lumotlardan foydalanib, uni yangi voqealar bayoni bilan boyitgan. Ushbu manbalarga ko‘ra, Xan sulolasi davrida Xitoy imperiyasi bilan Xunnlar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashib, Xan hikmdori Udi (mil.avv.140-87 yy.) xunnlarga qarshi harbiy ittifoqchi qidirib, bir zamonlari Orol bo‘ylaridan Sharqiy Turkiston tomon borib qolgan, ammo u yerlarning egalari xunnlar bilan kelisha olmay, yaylov talashib, bir necha bor o‘zaro to‘qnashuvlardan so‘ng G‘arbga chekinishga majburiy bo‘lgan Yuechji (massagetlar qabila ittifoqi) qabilalari ortidan mil.avv.138 yilda harbiy zobit, ayg‘oqchi Chjan Syanni yuboradi2. Chjan Syanning o‘z imperatoriga yozgan xisobotnomasiga qaraganda, u Sharqiy Turkistonda xunnlar tomonidan qo‘lga olinib, 10 yil asirlikdan so‘ng qochishga ulgurib, o‘z sayohatini davom ettiradi.
Sima Szyan “Shi Szi” (“Tarixiy esdaliklar”) nomli 130 bobdan iborat yirik tarixiy asar yozib qoldirgan. Asar Xitoyning qadimiy zamonlardan to miloddan avvalgi I asr boshlariga qadar oʻtgan tarixini oʻz ichiga oladi. Asarda Oʻrta Osiyo, uning 123-bobida, xususan Fargʻona va uning qadimiy xalqi, hayoti haqida qimmatli maʼlumotlar mavjud. Lekin u manbalarda bu vodiydagi yurt Fargʻona deb yuritilmagan. Fargʻonani Xitoyliklar Davan ( ulugʻ Van ) deb nomlashgan3.
Xitoyliklar Farg’onani Davan(Ulug’ Van) deb ataganlar. Bu vaqtda (ya’ni miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmida) Farg’onada kam kelganda 60000 oila, ya’ni 300000 kishi istiqomat qilgan4. Mazkur raqamni keltirgan xitoylik muallif aftidan Farg’onada o’sha vaqtda mavjud aholi sonini nazarda tutmagan. Zero, boshqa bir ma’lumotda butun Farg’ona bo’ylab aholi soni bir necha yuz mingni tashkil etadi deyilsa, boshqa bir yerda Farg’ona lashkarining o’zi 60000 kishidan iboratligi aytilgan. Chunkin bu davrda Davan (Farg’ona) siyosiy birligi tushunchasiga asli Farg’onadan kengroq hududni o’z ichiga olgan makon kirgan.
Qadimgi Xitoy tarixchisi Si Ma Syaning “Tarixiy xotiralar” (Shi Ji) asarida yozilishicha: “Davan Xan sulolasidan 10 ming li (Li qadimda taxminan 0,5 kmga teng bo‘lgan, hozir esa – 576 m. Deb qabul qilingan) olisda bo‘lib, xunlarning g’arbi-janubiga, Xanning aynan g’arbiga to‘g’ri keladi. Davanliklar avloddan avlodga o‘troq hayot kechirib kelgan ekan. Davanda asl otlar ko‘p bo‘lib, mazkur otlarning hammasi tulpor otlardan ekan. Badanidan qizil ter tomchilari chiqib turar ekan. Bu davlatda askarlari o‘q-yoy, nayza ishlatar ekan va ular otga minishga, o‘q-yoydan foydalanishda mohir mergan ekan. Shimolda Qang’yuy, g’arbda Da-yuechjilar, janubi-g’arbda Baqtriya, shimoli-sharqda Usun, shaqrda Dandan uylik, Udun bor ekan”5.
Bu ikki shaharning lokalizatsiyasi masalasida olimlar o‘rtasida hozirgacha ilmiy Bu asarda ya’ni “Shi Ji” da Davanning ikkita poytaxti bo‘lganini, ularning biri Ershi bo‘lsa, ikkinchisi Yu munozara va bahslar davom etadi. O‘zbekiston tarixining 1950 yilda chop etilgan nashrida Davan hukmdorining qarorgohi Gushan( Yu– chen)ni O‘zgan shahri bilan taqqoslanadi, Ershi esa, A.N.Bernshtamga asoslanib, Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan Mingtepa deb ko‘rsatiladi6. O‘z davrida N.Ya.Bichurin Ershi Qo‘qon bo‘lishi kerak degan g’oyani o‘rtaga tashlagan. E.Shavanna tahliliga ko‘ra Ershi shahri O‘ratepa yoki Jizzax bo‘lishi kerak. Ershi shahrining lokalizatsiyasi masalasida A.N.Bernshtam tahlilining tarafdorlari ko‘proq7. Ammo keyingi yillarda Ershining lokalizatsiyasi masalasida A.Anorboyev yangi g’oya bilan chiqib Ershi bu eski Axsikentdir8, degan asosli xulosaga kelgan. Ko‘pchilik olimlar Gushan(Yu-chen ) esa Davan podshosining yozgi qarorgohi sifatida Koson yodgorligi o‘rnida bo‘lgan degan fikrda.
Farg’ona boshqaruvi tizimida hukmdor, uning ikki yordamchisi(vaziri) va oqsoqollar kengashi faoliyat ko’rsatkanligi xitoy manbalaridan ma’lum. Yordamchilar asosan oliy hukmdorning qarindoshlari orasidan tayinlangan bo’lishi kerak. Ammo oqsoqollar kengashi esa mamlakat ijtimoiy, siyosiy va tashqi munosabatlarida faol ishtirok etish bir qatorda oliy hukmdor faoliyati bilan bog’liq tadbirlarda qatnashish qudratiga qudratiga ham ega bo’gan. Urish ochish, sulh tuzish, yangi hukmdorni tayinlash, uni taxtdan mahrum etish kabi tadbirlarga oqsoqollar kengashi yetakchi o’rin tutganligini ko’rsatuvchi guvohliklar bir talay. Masalan, xitoyliklarning Farg’ona tajovuzlari chog’ida oqsoqollar kengashi o’zaro sulh tuzish tarafdori bo’lib chiqadi va bunga erishadi ham. Yo bo’lmasa, xitoyliklar bosqini bilan bog’liq voqealar sababchisi deb topilgan hukmdor mug’uy oqsoqollar kengashi hukmi bilan qatl qilingan.
Farg’onaning ma’muriy bo’linishi haqida so’z ketganda, eng avvalo, xitoylik muallifning “Davanda (Farg’onada) yetmishga yaqin katta-kichik shaharlar mavjud, Davan va Daxya(Baqtriya) o’rtasida o’xshashliklar ko’p” kabi guvohliklari diqqatni tortmay qolmaydi.
Farg’ona harbiylari mudofaa san’ati borasida ma’lum bir tajriba va salohiyatiga ega bo’lganlar9. Chunonchi, mudofaani tashkil etishda shaharlar imkoniyatidan keng foydalanilgan. Xususan, poytaxt Ershi( hozirgi Marhamat qadimiy shaharning o’rni hisoblanadi) ichki va tashqi devorlar bilan o’ralgan. Shaharning ichki qismida uzoq muddatga yetarli miqdorda oziq-ovqat saqlanuvchi omborlar va boshqa kerakli muassasalar bunyod etilgan.
Qadimgi Davan davlatini milodning dastlabki yuz yilliklari davomida mahalliy aslzodalar sulolasi boshqargan. Buni Xitoy manbalari tasdiqlaydi. Bu manbalarda, ko’rsatilishicha, qadimgi . Bu manbalarda ko‘rsatilishicha, qadimgi Farg‘onani 419-yilgacha bir sulola vakillari uzluksiz idora qilganlar. O‘rta Osiyo hududlarida eftaliylar davlati qaror topgach, qadimgi Farg‘ona davlati ham o‘z mustaqilligini yo‘qotib, ana shu eftaliylar davlati tarkibiga kirgan edi. Turkiston tarixining qadimgi davrlari, uning xalqi va xo‘jaligi, turmush tarzi va urf-odatlari haqida ayniqsa Qang‘ va Davan haqida hamda Daxya to‘g‘risida Xitoy yozma manbalarida ko‘p uchraydi10.


Yüklə 36,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin