Demak, davlat - umumiy muammolar va ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar va xalqning oʻzaro munosabatini tartibga soladi — ijtimoiy yondashuv. Davlat sinflarning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan, sinfiy kurash bir sinfning boshqasini bostirish quroli boʻlib xizmat qiladi — sinfiy yondashuv. Davlat jamiyatning va davlatning oʻzining hayotini tashkil etuvchi huquq manbaidir — siyosiy-huquqiy yondashuv. Davlat butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega boʻlgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega boʻlgan yagona siyosiy tashkilotdir.
Davlat - jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruhlar, sinf, tashkilot, hamkorlikdagi faoliyatini va oʻzaro munosabatini tashkil etuvchi, yoʻnaltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir. Davlat - hokimiyatning bosh institutidir. Hokimiyat davlat orqali oʻz siyosatini amalga oshiradi
Davlatning asosiy belgilari:
Davlat hokimiyatining, yaʼni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining mavjudligi.
Aholining hududlar boʻyicha uyushganligi. Maʼmuriy-hududiy birliklarda yashash.
Suverenitet - ichki va tashqi siyosatda toʻla mustaqil boʻlish.
Huquqiy ijodkorlik. Bu ijtimoiy tuzumning mohiyatidan kelib chiqadigan va davlat tomonidan mustahkamlangan, ijro etilishi umumiy majburiy boʻlgan normalar, xulq-atvor qoidalari.
5) Soliqlarning mavjudligi. Aholidan davlat apparatini saqlash hamda aholining kam taʼminlangan qismiga yordam berishga sarflanadigan soliqlarni toʻplash.
6) Umuminsoniy funksiyalarni bajarish. Hududni qoʻriqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish.
Davlatning asosiy funksiyalari:
1.Ichki funksiyalar - davlat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatning asosiy yoʻnalishlari:
a) regulyativ (tartibga solish, boshqarish); b) qoʻriqlash (saqlash, muhofaza qilish).
1.Tashqi funksiyalar — davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yoʻnalshilari;