Davlat boji va yig‘im undirilmaydi



Yüklə 23,61 Kb.
səhifə1/2
tarix02.02.2023
ölçüsü23,61 Kb.
#82414
  1   2
Документ Microsoft Word


  1. Ma’lumot

Unga ko’ra, dehqon xo‘jaligi dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrifi vositasida yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hisobga qo‘yilishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi belgilangan edi.
Shuningdek:

  • davlat boji va yig‘im undirilmaydi;

  • dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi;

  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning asosiy ekindan bo‘shagan qismi 0,06 gektardan 10 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berilishi mumkin;

  • berilgan yer uchastkasidan faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak;

  • bunday yer uchastkasida 10 boshgacha chorva molni o‘tlatishga yo‘l qo‘yiladi.



    1. Ma’lumot

Endilikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga onlayn tizim orqali subsidiya beriladi


“Agrosubsidiya” axborot tizimida ariza jo‘natish, ko‘rib chiqish holati hamda natijalari qayd etilib boriladi.

Foto: iStock
Hukumat qarori bilan “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va subsidiya olishga talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish va ularga subsidiya ajratish tartibi belgilandi.
Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi “Agrosubsidiya” axborot tizimining operatori hisoblanadi.
Agrosubsidiya” tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • talabgorlar tomonidan subsidiya olish uchun arizalar elektron shaklda yuborilishini hamda ushbu xizmatdan xavfsiz va kafolatli foydalanishni ta’minlash;

  • talabgorlarga ularning manzilli ro‘yxatga kirishi yoki subsidiya olish uchun yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqishning holatini va bosqichlarni ko‘rib borish imkoniyatini yaratish;

  • talabgorlarga ular tomonidan yuborilgan arizalar vakolatli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi natijalarini kuzatib borishni ta’minlash;

  • vakolatli organlar tomonidan talabgorlar yuborgan arizalarni ko‘rib chiqish va ularga elektron shaklda xulosa berish.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali beriladi.
Vakolatli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar talabgorlarning tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga subsidiyani “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali o‘tkazib beradi.
Avvalroq, yil yakunigacha sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi axborot tizimi joriy etilishi haqida xabar berilgandi.
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin