Davlat boshqaruv shakli - bu davlat hokimiyatining oliy organlarini tashkil etish hamda ushbu organlarning o‘zaro va aholi bilan bo‘lgan munosabatlarini belgilovchi davlat shaklining tarkibiy qismi. Shuningdek, muayyan mamlakatda davlat boshlig‘i (monarx yoki prezident)ning huquqiy maqomi bilan bog'liq masalalar ham davlat boshqaruv shaklining mazmuni tarkibiga kiradi.
Davlat boshqaruv shakliga ko‘ra ikkiga bolinadi: monarxiya va respublika.
Monarxiya (lotincha monos - yakka, arxe - hokimiyat .ma’nosini anglatadi) - bunda, qoida tariqasida, oliy davlat hokimiyati yakka shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Odatda ' hokimiyat meros orqali o‘tadi.
Monarxiyaning belgilari:
- monarx hokimiyati muqaddas (teokratik monarxiyalarda) va daxlsiz deb e’lon qilinadi;
- hokimiyatni o‘rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud, qoida tariqasida, hokimiyat meros orqali o‘tadi;
- o‘z hokimiyatidan umrbod foydalanadigan davlat boshlig‘ining (podsho, qirol, imperator, shoh, xon, knyaz, gersog va boshqalar) mavjudligi;
- monarxning o‘z boshqaruv faoliyati natijasi yuzasidan yuridik javobgar emasligi;
- ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishda bevosita o‘znomidan ish ko‘rishi va boshqalar.
Monarxiya boshqaruvining ko‘rinishlari: mutlaq (absolyut), cheklangan, dualistik (aralash), teokratik.
1. Mutlaq (absolyut) monarxiya. Bunda, davlat suverenitetining birdan-bir egasi monarx bo‘lib, u o‘z qo‘lida butun hokimiyat (qonunchilik, ijro va sud)ni to'plagan bo'ladi va uning hokimiyati aholi yoki birorta organ tomonidan cheklanmagan bo‘ladi (bugungi kunda Baxrayn, Bruney, Qatar va boshqalarda mavjud).
2. Cheklangan monarxiya (parlamentar, konstitutsion). Bunda monarx hokimiyati vakillik organi tomonidan muayyan darajada cheklangan va monarxning huquqiy maqomi konstitutsiya bilan chegaralab qo‘yilgan bo'ladi. Uning quyidagi turlari mavjud:
Parlamentar monarxiya mamlakatlari (hozirgi Buyuk Britaniya)da qirol davlat boshlig'i vazifasini o‘tasada, amalda mamlakatni to‘la ma’noda boshqara olmaydi. Parlamentar monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud:
a) monarx hokimiyati deyarli barcha sohalar bo'yicha cheklangan bo‘ladi;
b) ijro hokimiyati hukumat tomonidan amalga oshiriladi, hukumat o‘z navbatida konstitutsiyaga ko‘ra monarx oldida emas, balki parlament oldida javobgar bo‘ladi;
d) hukumat parlamentga bo'lgan saylovlarda g‘olib chiqqan partiyalar vakillari orasidan shakllantiriladi;
e) hukumat boshligl lavozimiga parlamentda ko‘pchilik deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan partiya rahbari tayinlanadi;
f) qonunlarni parlament qabul qiladi, monarxning qonunlarni imzolashi esa asosan formal xarakterga ega bo'ladi.
Konstitutsiyaviy monarxiya davlat • boshqaruvining shunday shakliki, bunda monarxning hokimiyati konstitutsiya bo‘yicha vakillik organi tomonidan chegaralangan bo‘ladi. Konstitutsiyaviy monarxiya o'rta asrlarda Yevropada ro‘y bergan burjua inqiloblari natijasida yuzaga kelgan. Hozirgi kunda Daniya, Belgiya, Ispaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda davlat boshqaruvi konstitutsiyaviy monarxiya shaklida tashkil etilgan. Davlat boshqaruvining bunday shaklida demokratik siyosiy rejim mavjud bo'lishi mumkin.
3. Dualistik (aralash) monarxiya. Dualistik monarxiyada davlat hokimiyatini tashkil etish ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni monarx ijro hokimiyatiga boshchilik qiladi, o‘zi oldida javobgar bo‘lgan hukumatni tashkil etadi, qonunchilik hokimiyati esa parlamentga tegishli bo'ladi (Iordaniya, Marokash, Malayziya kabi davlatlarda mavjud). Shu bilan birga, monarx parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarga mutlaq veto qo'yish huquqiga ega.
4. Teokratik monarxiya. Bunday boshqaruv shakli mavjud bo'lgan davlatlarda monarx ham dunyoviy, ham diniy hokimiyatga ega bo‘ladi (Vatikan, Saudiya Arabistoni).
Respublika - davlat boshqaruvining shunday shakliki, bunda davlat hokimiyati aholi tomonidan muayyan muddatga saylab qo‘yiladigan organlar va davlat boshlig'i tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqaruvning respublika shakliga xos bo‘lgan quyidagi belgilar mavjud:
- davlat boshlig‘i va boshqa oliy hokimiyat organlarining muayyan muddatga saylab qo'yilishi;
- davlat boshlig'i va boshqa saylab qo‘yiladigan organlarning saylovchilar oldida mas’ulligi hamda ularning muayyan muddatga saylanishi va tayinlanishi;
- davlat boshlig‘ining qonunda belgilab qo'yilgan holatlarda yuridik jihatdan javobgarligi;
- davlat hokimiyatini davlat boshlig‘i nomidan emas, balki xalq nomidan amalga oshirilishi;
- fuqarolar huquq va erkinliklarining davlat tomonidan himoya qilinishi, davlat va shaxs o'rtasida o‘zaro mas’ullikning mavjudligi va boshqalar.
Respublikaning quyidagi tarixiy shakllari mavjud bo'lgan: Afina demokratik respublikasi (er. av. V-IV asrlarda Afina); Rim aristokratik respublikasi (er. av. V-II asrlarda Rim); Sparta aristokratik respublikasi (er. av.V-IV asrlarda Sparta); o‘rta asr shahar (feodal) respublikalari (Venetsiya, Novgorod, Pskov, Florensiya, Genuya, Ganza va boshqa erkin shaharlar).
Sotsialistik respublikalar. Parij kommunasi (1871); Sovetlar respublikasi (1917-1991-yillarda sobiq Sovet Ittifoqi); Xalq demokratik respublikalari (XXR, VSR, Kuba). Hozirgi kunda respublika shaklining asosan quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi: parlamentar respublika, prezidentlik respublikasi, aralash (dualistik) respublika.
Parlamentar respublika. Hozirgi zamon davlat boshqaruvining bir turi bo'lib, bunday respublikada hukumat parlamentga o‘tkazilgan saylovlarda ko'pchilik o‘rin olgan partiyalarga tegishli deputatlar tomonidan shakllantiriladi (Italiya, Isroil, Germaniya va boshqalar). Bundan tashqari, davlat boshlig‘i - prezident odatda parlament a’zolari yoki maxsus kengash tomonidan saylanadi. Hukumat parlament oldida javobgar bo'lib, uning faoliyat muddati parlamentga bo‘lgan saylovlargacha amalda bo'ladi.
Prezidentlik respublikasi. Bunda prezident, qoida tariqasida, davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i hisoblanadi. Prezident hukumatni shakllantiradi va hukumat uning oldida javobgar bo‘ladi (AQSH, Rossiya, Braziliya, Argentina, Meksika va boshqalar). Prezident umumxalq saylovlari asosida o‘z lavozimiga saylanadi.
Aralash respublika. Bunday boshqaruv shaklida davlat boshlig'i - prezident xalq tomonidan saylanadi. U hukumat boshlig‘ini tayinlashda rasman ishtirok etadi, lekin hukumat boshlig‘i va a’zolari parlamentdagi ko'pchilik tomonidan shakllantiriladi (Fransiya, Finlyandiya). Boshqaruvning bunday shaklida prezident konstitutsiya asosida ijro hokimiyati va hukumat o'rtasida hal qilib bolmaydigan ziddiyatlar kelib chiqqan holatda parlamentni tarqatib yuborish vakolatiga ega bo'ladi.