1. Afrikaning geografik o’rni va siyosiy xaritasi



Yüklə 99,71 Kb.
səhifə1/3
tarix10.05.2023
ölçüsü99,71 Kb.
#110353
  1   2   3
geografiya tayyori


1 – bilet
1. Afrikaning geografik o’rni va siyosiy xaritasi.
Afrikaning orollar bilan birgalikdagi maydoni 30,3 mln. km2 ni tashkil etadi. Afrikaning o'rtasidan ekvator chizig'i, g'arbidan esa bosh meridian o'tgan. Shu tufayli Afrika ham Shimoliy, ham Janubiy, ham Sharqiy, ham G'arbiy yarim sharlarda joylashgan. Afrika qirg'oqlari shimolda O'rta dengiz, shimoli-sharqda Qizil dengiz, sharqda Hind okeani, g'arbda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. Qizil dengiz, Suvaysh kanali va Bob-al-Mandob bo'g'izi Afrikani Osiyodan, O'rta dengiz va Gibraltar bo'g'izi esa Yevropa qit'asidan ajratadi. Afrika qit'asi orol va yarimorollar ozligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga Hind okeanidagi Madagaskar (sayyoramizdagi orollar orasida maydoni jihatidan 4-o'rinda turadi), Maskaren, Komor, Seyshel orollari, Atlantika okeanidagi Yashil burun, Kanar, San-Tome va Prinsipi, Avliyo Yelena va boshqa orollar kiradi. Yagona yirik yarimoroli Somali hisoblanadi. Afrikaning hozirgi siyosiy xaritasida 54 ta mustaqil davlat mavjud. Qit'a siyosiy xaritasining shakllanish tarixi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab Afrikaning aksariyat hududlari Yevropa davlatlarining mustamlakalariga aylandi. XX asrning boshiga kelib Afrikada faqatgina 2 ta mustaqil davlat qolgan edi: bir necha ming yillik davlatchilik tarixiga ega. Efiopiya hamda 1847-yil AQSHning yordamida barpo etilgan G'arbiy Afrikadagi Liberiya davlati. Qit'aning qolgan hududi esa Buyuk Britaniya, Fransiya, Portugaliya, Belgiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya tomonidan o'zaro bo'lib olingan edi.Afrika davlatlari 1950-yillarda mustaqillikka erishisha boshladi. 1960-yil BMT tomonidan «Afrika yili» deb e'lon qilinib, shu yil qit'adagi 17 ta mamlakat mustaqillikka erishdi va jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi. Ko'plab mamlakatlari 1960-1980-yillar mobaynida davlat mustaqilligini qo'lga kiritdi. Qit'adagi eng yosh davlatlar - 1990-yilda mustaqillikka erishgan Namibiya, 1993-yilda Efiopiyadan ajralib chiqqan Eritreya va 2011-yilda mustaqilligini e'lon qilgan Janubiy Sudan hisoblanadi. Afrikadagi ko'plab davlatlarning chegaralari mustamlakachilik davrida shakllangan bo'lib, aksariyat hollarda tabiiy va etnik chegaralarga mos kelmaydigan sun'iy ko'rinishga ega. Buning ta'sirida haligacha qit'ada turli harbiy mojarolar va davlat to'ntarishlari tez-tez sodir bo'lib turadi. Afrika siyosiy xaritasining o'ziga xos jihatlaridan biri yirik maydonli davlatlarning ko'pligidir. Jahondagi hududi 1 mln. km2 dan katta bo'lgan 29 ta davlatdan 12 tasi Afrikada joylashgan (Jazoir, KDR, Sudan, Liviya, Chad, Niger, Angola, Mali, JAR, Efiopiya, Mavritaniya, Misr). Jahon bo'yicha mavjud bo'lgan maydoni 1 ming km2 dan oshmaydigan 24 ta davlatdan atigi 1 ta - Seyshel orollari - Afrikaga tegishli. Afikada jami 6 ta orol mamlakatlari joylashgan. Ular Madagaskar, Kabo-Verde, Komor orollari, Mavrikiy, San-Tome va Prinsipi hamda Seyshel orollaridir. Dengizlarga chiqish imkoniyati yo'q davlatlar soni bo'yicha Afrika qit'alar orasida yetakchilik qiladi. Afrikada quruqlik ichkarisida joylashgan jami 16 ta davlat mavjud. Ularning qatorida Chad, Ni-ger, Mali, Efiopiya, Zambiya, Botsvana, Janubiy Sudan kabi yirik davlatlar bor. Efiopiya jahonning quruqlik ichkarisida joylashgan 44 ta davlatlar orasida aholi soni bo'yicha yetakchisi hisoblanadi. Afrika davlatlaridan 51 tasi respublika, 3 tasi (Marokash, Svazilend (Esvatini), Lesoto) monarxiya boshqaruv shakliga ega. Ma'muriy-hududiy jihatdan Afrikadagi 6 ta davlat - Nigeriya, Efiopiya, Sudan, Janubiy Sudan, Somali, Komor orollari - federativ tuzilishga ega.

Yüklə 99,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin