1. Afrikaning geografik o’rni va siyosiy xaritasi


«Hududiy mehnat taqsimoti» va «Iqtisodiy geografik o’rin» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring



Yüklə 99,71 Kb.
səhifə2/3
tarix10.05.2023
ölçüsü99,71 Kb.
#110353
1   2   3
geografiya tayyori

2. «Hududiy mehnat taqsimoti» va «Iqtisodiy geografik o’rin» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
a) Iqtisodiyot, asosan, joyning mahalliy tabiiy boyliklariga bog‘liq ravishda rivojlangan. Transportning takomillashuviga qarab, iqtisodiyot ba’zi joylarda chetdan keltirilgan xomashyo asosida shakllangan. Malakali kadrlar, asosan, yirik shaharlardagi ta'lim muassasalarda tayyorlanadi. Shunga muvofiq malakatalab ishlab chiqarishlar shaharlarda rivojlansa, boshqa joylar qishloq xo‘jaligi yoki sanoat xomashyosi yetkazib beradi. Mamlakatning ayrim qismlari o‘rtasida mehnatning ana shunday taqsimlanishi geografik yoki hududiy mehnat taqsimoti deyiladi.
Hududiy mehnat taqsimoti quyidagi holatlardagina sodir bo‘ladi:
♦ ishlab chiqarilayotgan mahsulot mahalliy ehtiyojdan ancha ko‘p bo‘lishi;
♦ uni ishlab chiqarish mamlakatning boshqa qismlaridagidan arzonga tushishi;
♦ ishlab chiqarishning xomashyo zaxirasi ko‘p yillarga yetarli bo‘lishi;
♦ mahsulot ayirboshlanganda transport xarajati arzon bo‘lishi.
b) Geografik o’rin - muayyan mamlakat, hudud, viloyat, shahar, tuman, mahalla va hatto hovlining o‘ziga xosliklaridan biri ularning Yer yuzidagi betakror o‘rnidir. Bular geografik o‘rin deb ataladi. Geografik o‘rin mohiyatan tabiiy geografik o‘rin, iqtisodiy geografik o‘rin va siyosiy geografik o‘rin tarzida guruhlanadi. Tabiiy geografik o‘rin, asosan, okean, dengiz, daryo, tog‘, cho‘l, o‘rmon, adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisbatan joylashgan o‘rniga ko‘ra belgilansa, iqtisodiy geografik o‘rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo yo‘llari, yirik savdo-sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Siyosiy geografik o‘rin esa muayyan davrda alohida davlatning harbiy mojarolar ro‘y berayotgan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hudud va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqadorligiga ko‘ra baholanadi.Ma'lumki, miloddan avvalgi II asrdan to milodiy XVI asrgacha Sharqni (Hindiston, Xitoy) G‘arb (Yevropa mamlakatlari) bilan bog‘lab turgan asosiy savdo yo‘li - «Buyuk Ipak yo‘li» O‘rta Osiyo orqali o‘tgan. Natijada O‘rta Osiyo bozorlarida mol ayirboshlash avj olib, u hunarmandchilik va dehqonchilikning taraqqiyoti, shaharlar, fan, madaniyat ravnaqiga jiddiy turtki bo‘lgan. Keyinchalik Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi savdo yo‘llari quruqlikdan dengiz-okeanlarga ko‘chgach, O‘rta Osiyo iqtisodiy geografik o‘rnidagi qulaylik barham topgan.XIX asr oxirlarida O‘rta Osiyoda temiryo‘l qurildi. Natijada Samarqand, Toshkent kabi yirik shaharlar temiryo‘l orqali Rossiyaning markaziy rayonlari bilan bog‘lanib, O‘zbekiston hududining iqtisodiy geografik o‘rni yana qulaylik kasb eta boshladi. Ammo sho‘ro davrida iqtisodiy geografik o‘rin qulayliklaridan asosan sobiq Ittifoq manfaatdor edi.
3. Jahonda maydoni 5 mln km dan katta davlatlar soni nechta va ularni xaritadan ko’rsating.Ularni orasidagi to’liq Janubiy yarimsharda joylashgan davlat poytaxtini geografik koordinatalarini aniqlang.
Javob: Jahonda maydoni 5 mln kmdan katta davlatlar soni 6 ta. Ular orasida Janubiy yarimsharda to’liq joylashgan davlat Avstraliya bo’lib poytaxti Kanberra shahri. Kanberra shahrining geografik kordinatasi:
a) 35 (35.31) janubiy kenglik
b) 149 (149.12) sharqiy uzoqlik

Yüklə 99,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin