Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari loyihasini tuzib, ko’rib chiqish va tasdiqlash



Yüklə 104,27 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü104,27 Kb.
#166994
1   2   3   4   5
Davlat maqsadli jamg’armalari

3-rasm. Budjet so’rovi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar budjet so’rovi bilan bir vaqtda tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari daromadlarining kelgusi davr uchun prognozlarini taqdim etadi.
Budjet so’rovini tuzish tartibi:
Davlat budjeti bo’yicha — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
davlat maqsadli jamg’armalari bo’yicha — ularning taqsimlovchi organlari tomonidan belgilanadi.
O’tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to’g’risidagi tahliliy hisobot budjet tashkiloti, budjet mablag’lari oluvchi va budjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi hamda budjet tashkiloti, budjet mablag’lari oluvchi va budjet mablag’larini taqsimlovchining faoliyatini baholash, bundan buyon uni budjet tizimi budjetlarining mablag’lari hisobidan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar tayyorlash uchun foydalaniladi.
O’tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to’g’risidagi tahliliy hisobot budjet tashkiloti, budjet mablag’lari oluvchi va budjet mablag’larini taqsimlovchining har bir faoliyat turi bo’yicha o’tgan yilda erishilgan va joriy yilda kutilayotgan natijalarining asosiy miqdor va sifat ko’rsatkichlari haqidagi axborotni o’z ichiga oladi.
O’tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to’g’risidagi tahliliy hisobot qisqa va aniq shaklda bayon etilishi hamda u mazkur faoliyat sohasida kasbiy bilimlarga ega bo’lmagan shaxslarning uni tushunishini qiyinlashtiradigan maxsus atamalarni o’z ichiga olmasligi kerak.
Xarajat majburiyatlarining reestri budjet tashkiloti, budjet mablag’lari oluvchi va budjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlari va tadbirlarning budjet tizimi budjetlarining mablag’lari hisobidan uni moliyalashtirish uchun asos bo’lgan tegishli qonun hujjati ko’rsatilgan ro’yxatidir.
Xarajat majburiyatlarining reestri budjet tashkiloti, budjet mablag’lari oluvchi va budjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan o’zlari amalga oshirayotgan xarajatlarni asoslanganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish uchun budjet tasnifiga muvofiq tuziladi.
Budjet mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi budjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan uch yildan kam bo’lmagan davr uchun tuziladi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • budjet mablag’larini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari bo’yicha rivojlanishning asosiy yo’nalishlari, maqsadlari va vazifalarini;

  • maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan o’zaro bog’liq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnik tadbirlar majmuini;

  • maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishni ta’minlaydigan,

muddatlari va turlari bo’yicha kelishilgan kutilayotgan natijalar ko’rsatkichlari tizimini.
Budjet mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilangan maqsad va vazifalarga asoslanadi.
Budjet mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi budjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan yuqori turuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Budjet buyurtmasi budjet tashkiloti, budjet mablag’lari oluvchi va budjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi.
Budjet tashkiloti yoxud budjet mablag’lari oluvchi tomonidan tuzilgan budjet buyurtmasi tegishli budjet mablag’larini taqsimlovchiga budjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatda, biroq tegishli moliya organi va davlat maqsadli jamg’armasini taqsimlovchi organga budjet so’rovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Budjet buyurtmasida o’tgan va joriy yillar uchun hamda kelgusi uch yil uchun budjet tizimi budjetlarining mablag’lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi.
Budjet mablag’larini taqsimlovchi o’z tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning budjet buyurtmalari asosida jamlanma budjet buyurtmasini tuzadi.
Budjet mablag’larini taqsimlovchining jamlanma budjet buyurtmasi budjet mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog’liq holda tuziladi.
Budjet buyurtmasida xarajatlar hajmlarini o’tgan yillarga nisbatan ko’paytirishga faqat asoslovchi qonun hujjati bo’lgan taqdirda va mazkur ko’paytirish budjet mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan hollarda yo’l qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili 15 aprelga qadar kelgusi davr uchun budjet so’rovini tuzish tartibini:
O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti loyihasini tayyorlash uchun — budjet mablag’larini taqsimlovchilarga;
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarini tayyorlash uchun — Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Budjet Kodeksini 90- moddasining birinchi qismida belgilangan muddatlarda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralardan Davlat budjeti loyihasining daromad qismi bo’yicha takliflar so’raydi.
Budjet mablag’larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar kelgusi davr uchun budjet so’rovini tuzish tartibini olgandan so’ng uch ish kuni ichida tegishli budjet so’rovlarini tuzish to’g’risida va ularni tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari Budjet Kodeksini 90- moddasining uchinchi qismida ko’rsatilgan qarorlar qabul qilinganidan so’ng uch ish kuni ichida kelgusi davr uchun budjet so’rovini tuzish tartibini:

  • tegishli budjetlar loyihalarini tayyorlash uchun — tuman va shahar hokimlariga;

  • budjet so’rovlarini tuzish uchun — Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag’lari oluvchilarga yuboradi.


Yüklə 104,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin