Davlat budjeti xarajatlari



Yüklə 9,45 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü9,45 Kb.
#198781
  1   2
Davlat byudjeti(xarajatlar)

Davlat budjeti xarajatlari

Normaxmatov firuz

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti (Davlat budjeti) — davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi;

  • Daromadlar
  • Xarajatlar

nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
iqtisodiyot xarajatlari;
Xarajatlar tarkibi
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
sudlarni saqlab turish xarajatlari;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
Davlat budjetining xarajat qismi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari hisobga olinadi.
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini axborot-uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining xarajatlari;
respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini to‘lash xarajatlari;
qonunchilikka muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajatlarining o‘rnini qoplash (subsidiyalar);
fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy obyektlarni va fanga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini o‘tkazish hamda qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv va o‘rmon xo‘jaligi xarajatlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga va ularni saqlab turishga haq to‘lash xarajatlari;
hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadigan yagona yer solig‘i bo‘yicha tushumlarga muvofiq budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy parametrlari doirasida budjetdan ajratiladigan maqsadli mablag‘lar;
qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan foydalanish to‘lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
“Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar.
atrof muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasini shakllantirish xarajatlari va boshqa xarajatlar
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan:
respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
Moliya vazirligi 2023-yilgi davlat budjetini taqdim etdi. Hujjat jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi. Unda YAIM 5,3%ga o‘sishi, inflyatsiya darajasi esa 9,5% atrofida bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3% miqdorida belgilandi.
    • 2023 yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2024−2025 yillar uchun budjet mo‘ljallari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan.

2023 yilda yalpi ichki mahsulotning 5,3 foiz o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari саноатда ishlab chiqarishni 5,1 foizдан yuqori bo‘lishi, xizmatlar sohasida 6,7 foizга, qishloq хўжалиgiда 3,5 foizга o‘sishi hisobiga ta’minlanishi prognoz qilingan

Yüklə 9,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin