Ta’lim tizimini moliyalashtirish amaliyoti
U.Yu.O’roqov
Sh.B.Abdulazizov
B.R.Amirqulov
Toshkent moliya instituti
Annotatsiya: Mazkur maqolada maqolada O‘zbekiston Respublikasi ta’lim
tizimidagi islohotlar va ta’lim sohasini davlat byudjetidan moliyalashtirish amaliyoti
yoritilgan. Shuningdek, ta’lim xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish
tendentsiyalari va muammolari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so’zlar: ta’lim tizimi, ta’lim xarajatlari, byudjet xarajatlari, ijtimoiy soha
xarajatlari, moliyalashtirish
The practice of financing the education system from the state
budget
U.Yu.Urokov
Sh.B.Abdulazizov
B.R.Amirkulov
Tashkent Institute of Finace
Abstract: This article describes the reforms in the education system of the
Republic of Uzbekistan and the practice of financing education from the state budget.
Trends and problems in planning and financing education spending are also discussed.
Keywords: education system, education spending, budget spending, social
spending, financing.
So‘nggi yillarda ta’lim tizimida katta islohotlar va o‘zgarishlar bo‘lmoqda.
Xususan, xalq ta’limi tizimida ham oxirgi besh yilda salmog‘i o‘n yilliklarga teng tub
burilishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, “Yangi O‘zbekiston - maktab ostonasidan
boshlanadi” degan g‘oya asosida umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh
qilishga kirishilgani, davlatimiz rahbarining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot
davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi asosida izchil islohotlarning amalga
oshirilayotgani kecha va bugun orasidagi tafovutni yanada yorqinroq aks ettirmoqda.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
391
Ayniqa, Prezidentimizning 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi
taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni xalq ta’limi tizimi uchun muhim ahamiyatga ega. Farmonda
jamiyatda muallimlarning obro‘-e’tibori va nufuzini yanada yuksaltirish, ularning
mehnatiga munosib haq to‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib,
o‘z ustida ko‘proq ishlashi uchun sharoit yaratish va erishgan yutuqlarini
rag‘batlantirish masalalari qonuniy belgilab berildi.
Bugungu kunda mamlakatimizdagi ta’lim tizimi turlarini quyidagicha tasniflash
mumkin (1-jadval).
1-jadval
O‘zbekistonda ta’lim tizimi turlari
1
№
Ta’lim turlari
Ta’lim turlarining tarkibi
1
Maktabgacha ta’lim va tarbiya
-
2
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
3
Professional ta’lim
boshlang‘ich professional ta’lim;
o‘rta professional ta’lim;
o‘rta maxsus professional ta’lim
4
Oliy ta’lim
bakalavriat;
magistratura
5
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD);
doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc)
6
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish
-
8
Maktabdan tashqari ta’lim
-
Ta’lim tizimining samaradorligi uni moliyalashtirish bilan chambarchas
bog‘liqdir.
Davlat
ta’lim
muassasalarini
moliyalashtirish
O‘zbekiston
Respublikasining respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan, kadrlar
buyurtmachilarining mablag‘lari hisobidan, shuningdek byudjetdan tashqari
mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga
oshiriladi. Davlat ta’lim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli
ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish davlat ta’lim muassasalarining asosiy
faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Davlat ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ta’lim
xizmatlari ko‘rsatganlik uchun haq undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda
belgilanadi. Davlat ta’lim muassasalari pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar
ko‘rsatish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish hisobidan olingan pul
mablag‘larini mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli.
1
O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to’g’risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni asosida
magistrant tomonidan tayyorlandgan
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
392
Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari quyidagilardan
iborat:
− shartnomalar asosida, shu jumladan chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslar
bilan tuzilgan shartnomalar asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish hisobidan tushgan mablag‘lar;
− jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot, o‘quv-
uslubiy va qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni bajarish hisobidan tushgan
mablag‘lar;
− ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni, bajarilgan ishlarni
va ko‘rsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
− binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga berish hisobidan tushgan
mablag‘lar;
− ta’lim tashkilotlarining bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank muassasalariga
depozitlarga joylashtirish hisobidan olingan pul mablag‘lari (foizlar);
− davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat
hokimiyati organlari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
− bank kreditlari va ssudalari;
− jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda ta’lim tizimini
moliyalshtirish manbalarini quyidagicha tizimlashtirish mumkin (1-rasm):
1-rasm. Ta’lim tizimini moliyalashtirish manbalari
2
2
Mualliflar tomonidan tayyorlangan
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
393
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
Farmonida
3
O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The Programme for
International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi
reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish,
xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan
mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish; davlat-xususiy sheriklikni
rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish; xalq ta’limi
tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta
ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va
ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish kabi vazifalar
ko‘zda tutilgan.
Xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni
byudjetdan moliyalashtirish samaradorligini oshirish maisadida xalqaro ilg‘or tajribani
hisobga olgan holda bosqichma-bosqich qurilish, rekonstruktsiya qilish va kapital
ta’mirlash ishlarida ilg‘or texnologiyalar va muhandis echimlariga tayanish,
«Zamonaviy maktab» davlat dasturi doirasida umumta’lim maktablari uchun xalqaro
tajribalarni hisobga olgan holda yangi turdagi maktablarni barpo etish va muqaddam
qurilgan yangi binolarni zamonaviy maktab namunasiga moslashtirishni ta’minlash,
umumta’lim maktablarining o‘quv xonalari va laboratoriyalarini zamonaviy mebel,
jihozlar, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikalari,
videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashni ta’minlash hamda umumta’lim muassasalarida
pullik xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek homiylik va xayriya mablag‘lari orqali
byudjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish amaliyotini joriy etish yo‘nalishlari
belgilandi. Shuningdek, 2030 yilgacha umumta’lim maktablarining moddiy-texnik
bazasini yaxshilash, xalq ta’lim tizimida raqobatni kuchaytirish chora-tadbirlari
tasdiqlangan (2-jadval).
2-jadval
Umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, xalq ta’lim tizimida
raqobatni kuchaytirish chora-tadbirlari
Dostları ilə paylaş: |