Davlat byudjetining daromadlari o'zlarining manbalari, ijtirnoiyiqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to'lovlarning turi mablag'larning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi murnkin.Davlat byudjetining daromadlari o'z manbalariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi soliqli daromadlar; soliqsiz daromadlar; tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o'tkaziladigan pul mab lag' lari. Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig'imlari, mahalliy soliqlar va yig'imlar, bojxona bojlari, boj yig'imlari va boshqa boj to'lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat. Soliqsiz daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat mulkidan foydalanish tufayli olingan daromadlar (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langansoliq va yig'imlardan so'ng); byudjet tashkilotlari tomonidan ko'rsatilgan to'lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langan soliq va yig'imlardan so'ng); fuqarolik-huquqiy, ma'muriy va jinoiy choralarni qo'llash natijasida olingan mablag'lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, tovon to'lashlar va davlat sub'ektlariga yetkazilgan zararlarni tiklash bo'yicha olingan mablag'lar hamda majburiy undirilgan boshqa mablag'lar; moliyaviy yordam ko'rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari); boshqa soliqsiz daromadlar.
Tushumlarning quyidagi ko'rinishlari ham byudjet daromadlaritarkibida hisobga olinishi mumkin: davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko'rinishda olinadigan mablag'lar; kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda byudjet mablag'larining qoldig'i bo'yicha foizlar ko'rinishida olinadigan mablag'lar;davlat mulkiga tegishli bo'lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag'lar;qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag'laridan foydalanganlik uchun haq;davlatga qisman tegishli bo'lgan xo'jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aksiyalar bo'yicha dividendlarga to'g’ri keladigan foyda ko'rinishidagi daromadlar;davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langan soliq vayig'imlardan so'ng);davlatga tegishli bo'lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko'zda tutilgan boshqa daromadlar.