Mahalliy budjetlar Davlat budjeti (bu bo‘g‘in turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan, markaziy budjet, respublika budjeti, hukumat budjeti kabi)
Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog‘onali Budjet tizimi amal qiladi:

federal budjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat budjeti, markaziy budjet, federal budjet);
federatsiya sub’yekt(a’zo)larining budjetlari;
mahalliy (munitsipal) Budjetlar.
Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos ravishda bir qancha Budjet tuzilishi modellari amal qiladi:

markazlashmagan model;
markazlashgan model;
aralash model.
O‘zbekiston Respublikasining Budjet tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har yili qabul qilinadigan “O‘zbekiston Respublikasining davlat Budjeti to‘g‘risidagi” Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari prognozlari to‘g‘risida”gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi.

Budjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi:

Budjet tizimining asosiy tamoyillariga amal qilgan holda budjet munosabatlarini boshqarish;
Barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish, ijro etish jarayonlarini boshqarish;
Budjet jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar, organlar va budjet mablag’larini oluvchilar faoliyatini boshqarish;