2-bob. Balans moddalarini inventarizatsiya qilish 15. Qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo‘yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiyadan o‘tkazishlari shart.
16. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalar, moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va qat’iy hisobda turuvchi blankalari va boshqa aktivlarning haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga taqqoslash yo‘li bilan aniqlash, shuningdek moddiy boyliklar va pul mablag‘larining saqlanishini nazorat qilish;
qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq belgilangan normativdan yuqori bo‘lgan va foydalanilmayotgan moddiy boyliklarni aniqlash;
moddiy boyliklar hamda pul mablag‘larini saqlash qoidalari va shartlariga rioya qilish;
balansda hisobga olingan moddiy boyliklar, kassalardagi, banklarning depozit hisob raqamlaridagi, shuningdek shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalari qiymatining haqiqiyligini tekshirish.
Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o’rinniegallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali uning yordamida katta hajmdagi moliyaviy resurslar davlatning qo’lida to’planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi.
Davlat byudjetining iqtisodiy ahamiyatini quyida keltirilayotgan 1-rasm orqali ifoldalash mumkin.
1-rasm. Davlat byudjetining iqtisodiy ahamiyati6 Davlat byudjeti iqtisodiyot alohida tarmoqlarining rivojlanishida asosiy manba rolini ham o’ynaydi. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtisodiyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bo’lsa, uning paydo bo’lishini hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnikaviy jihatdan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog’liqnisaqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini saqlash, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarini moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashda davlat byudjetining ahamiyati juda beqiyosdir.
Har qanday iqtisodiy kategoriyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Davlat budjeti moliya iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy bo’linmasi hamda byudjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangani uchun ularga pul shakli xosdir va ular taqsimlash, qayta taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajaradi7.
Davlat byudjetining funksiyalarini quyida keltirilayotgan 2-rasm orqali ifodalashni maqsadga muvofiq bildik.