Qonun chiqaruvchi hokimiyat
Qonun chiqaruvchi hokimiyatni - Oliy Majlis amalga oshiradi.
Ijro etuvchi hokimiyatni - Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat qomitalari, mahalliy hokimiyat organlari amalga oshiradi.
Sud hokimiyatni - barcha sud organlari amalga oshiradi.
Hozirgi zamon parlamentlari ozlarining tuzilishlari, vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, mamlakatlar siyosiy tizimida tutgan orni, mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar. Ular hatto nomlanishi, deputatlarning soni bilan ham farq qiladilar, Masalan: AQh 535 deputatdan iborat Kongress, Turkiya 550 nafar deputatdan iborat Buyuk Millat Majlisi, hveciyada 349 deputatdan iborat Riksdag, Misrda 454 deputatli Xalq Majlisini misol qilib korsatish mumkin. Korinib turibdi-ki, dunyodagi parlamentlar rang-barang, ammo ular oz mamlakatlarida muhim ijtimoiy vazifa - qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradilar.
Ozbekiston Respublikasi siyosiy-huquqiy amaliyotida ilk bor parlament instituti taraqqiy etgan mamlakatlarning boy tajribasidan unumli foydalanib, respublika konstitusiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bolinish principlariga asoslangan davlat organlarining tizimi shakllantirilmoqda.
«Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi toqrisida»gi 1994 yil 22 sentyabrdagi Konstitutsiyaviy qonun Oliy Majlis faoliyati mazmunini yanada rivojlantirib, Oliy Majlis oz vakolatiga berilgan har qanday masalani oz muhokamasiga qabul qilish huquqiga ega ekanligini qayd etdi. Oliy Majlis oz faoliyatida hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bolinish principiga asoslanib, u davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilish bilan birga qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Oliy Majlisga saylanish huquqiga saylov kunigacha 25 yoshga tolgan fuqarolar ega bolishi mumkin degan qoida belgilab qoyilgan. AQh Konstitutsiyasida 25 yoshga tolmagan shaxs Kongressning vakillari palatasi a`zo bolishi mumkin emas, deb ta`kidlanadi. Yaponiya parlamentining vakillari palatasiga 25 yoshga tolgan, maslahatchilar palatasiga esa 30 yoshga tolgan fuqarolar passiv saylov huquqidan foydalana olishlari mumkin.
Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarga qoyiladigan talablar tushunchasiga «Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toqrisida» gi qonunda aniqlik kiritilgan.
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning organlari yiqilishida Ozbekiston Respublikasining Prezidenti, Bosh Vazir va Vazirlar Mahkamasining a`zolari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy Xujalik sudining raislari, Bosh prokuror, Markaziy banki boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin.
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga Ozbekiston Respublikasining Prezidenti, shuningdek oz davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpoqiston Respublikasi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy sudi, Oliy Xojalik sudi, Bosh prokuror egadirlar.
Dostları ilə paylaş: |