Oliy Majlis faoliyati Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi endilikda ikki palatalik organ tariqasida faoliyat korsatadi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutciyasida ozgartirishlar va qoshimchalar kiritish toqrisidagi qonuniga binoan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
Ozbekiston Respublikasining Konstitutciyasini qabul qilish unga ozgartirish va qoshimchalar kiritish;
Ozbekiston Respublikasining konstitutciyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga ozgartirish va qoshimchalar kiritish;
Ozbekiston Respublikasining referendumini otkazish toqrisida va uni otkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
Ozbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yonalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
Ozbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
Ozbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning Ozbekiston Respublikasi tarkibidan chiqarish haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish;
Soliqlar va boshqa majburiy tolovlarni joriy qilish;
Ozbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yoli bilan tartibga solish, chegaralarini ozgartirish;
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini ozgartirish;
Davlat mukofotlari va unvonlarini ta`sis etish;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qomitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toqrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
Ozbekiston Respublikasi Prizidentining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini korib chiqish va tasdiqlash;
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili va uning orinbosarini saylash;
Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini korib chiqish;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tuqilganda urush holati e`lon qilish toqrisidagi farmonini tasdiqlash;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e`lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish toqrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
Xalqaro shartnomalarni ratifikaciya va denonsaciya qilish;
Ushbu Konstitutciyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, songra Senatida korib chiqiladi.
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning orinbosarlarini, qomitalarning raislari va ularning orinbosarlarini saylash;
Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toqrisidagi masalalarni hal etish;
Ozbekiston faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan boqliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati mutlaq vakolatlariga:
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati Raisini va uning orinbosarlarini, qomitalarning raislari va ularning orinbosarlarini saylash;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Konstitutciyaviy sudini saylash;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Oliy xojalik sudini saylash;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasining raisini tayinlash hamda uni lavozimdan ozod qilish;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning orinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimdan ozod etish toqrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimdan ozod etish toqrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya toqrisidagi hujjatlarni qabul qilish;
Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati a`zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toqrisidagi masalalarni hal etish;
Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi raisining, Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
Oz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan boqliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.