Davlat huquq nazariyasi fanining siyosatshunoslik sotsiologiya iqtisodiyot nazariyasi tarix va boshqa gumanitar fanlar bilan aloqalari



Yüklə 6,04 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü6,04 Kb.
#173567
DAVLAT HUQUQ NAZARIYASI FANINING SIYOSATSHUNOSLIK SOTSIOLOGIYA IQTISODIYOT NAZARIYASI TARIX VA BOSHQA GUMANITAR FANLAR BILAN ALOQALARI



DAVLAT HUQUQ NAZARIYASI FANINING SIYOSATSHUNOSLIK SOTSIOLOGIYA IQTISODIYOT NAZARIYASI TARIX VA BOSHQA GUMANITAR FANLAR BILAN ALOQALARI
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan.
merkantelizm
fiziokratlar
Klassik maktabi
marjenalizm
neoklassik
Keynschlik maktabi
marksizm
monetarizm
ekonomiks
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo‘nalishi neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bo‘lib, u iqtisodiy jarayonning funksional bog‘lanishi va funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri shveysariyalik iqtisodchi Leon Valras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan biri monetarizm deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo ishsizlik bo‘lgan bo‘lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kelishidir.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasi
Bilish vazifasi
Amaliy vazifa
Uslubiy vazifa
G`oyaviy-tarbiyaviy vazifa
uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi;
g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasiushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va shu asosda o‘sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishdan iboratdir;
bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kengaytiradi
Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir.
Dialektik usul
Ilmiy abstraksiya usuli
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli.
Tahlil va sintez usuli.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdor jihatdan tahlil qilish usullari
taqqoslash
statistik
matematik
grafik
Yüklə 6,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin