Davlat kadastrlari



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94
ДКА ох2018

 
21 
Hududlar davlat kadastri 
“Davyergeodezkadastr” 
qo„mitasi 
Geodeziya, kartografiya 
milliy markazi 
Viloyat “Yermulkkadastr” davlat 
korxonasi 
Tuman (shahar) “Yermulkkadastr” 
davlat korxonasi 
 


36 
1.4
 
Davlat kadastrlari yagona tizimini (DKYAT) yaratish va yuritish. 
Davlat kadastrlarining yagona tizimi.
 
Davlat kadastrlarining yagona tizimi 
O‗zbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining 
yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta‘minlashga 
mo‗ljallangan ko‗p maqsadli axborot tizimi tarzida yuritiladi. Davlat kadastrlari 
yagona tizimiga kiritiladigan davlat kadastrlarining axborotini taqdim etish tartibi 
davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan 
belgilanadi.
 
Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagilar kiradi:
 
davlat yer kadastri; 
foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar davlat kadastri; davlat suv 
kadastri; davlat o‗rmon kadastri; o‗simliklar dunyosi ob‘ektlari davlat kadastri; 
hayvonot dunyosi davlat kadastri; muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat 
kadastri; binolar va inshootlar davlat kadastri; davlat shaharsozlik kadastri; 
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat 
kadastri; avtomobil yo‗llari davlat kadastri; temir yo‗llar davlat kadastri; transport 
quvurlari davlat kadastri; aloqa ob‘ektlari davlat kadastri; energetika ob‘ektlari 
davlat kadastri; chiqindilarni ko‗mib tashlash va utillashtirish joylari davlat 
kadastri; tabiiy xavfi yuqori bo‗lgan tegralar (zonalar) davlat kadastri; texnogen 
xavfi yuqori bo‗lgan tegralar davlat kadastri; kartografiya-geodeziya davlat 
kadastri; hududlar davlat kadastri.
 
Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT) - davlat kadastrlarining turlarini 
birlashtiruvchi ko‗p maqsadli axborot tizimidir. Davlat kadastrlari yagona tizimini 
yuritsh O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat 
kadastri davlat qo‗mitasi (―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasi) tomonidan amalga 
oshiriladi. Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish hukumatimiz 
tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib boriladi. 
Davlat kadastrlari yagona tizimi davlat hokimyati va boshqaruvi organlarini, 
yuridik va jismoniy shaxslarni ularning faoliyati uchun zarur bo‗lgan barcha 
turdagi davlat kadastrlari axborotlari bilan tezkor taminlash uchun mo‗ljallangan. 


37 
Belgilangan tartibga muvofiqlashtirilgan kadastr ob‘ektlarining huquqiy 
maqomi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, kartografiya-geodeziya materiallari, statistik 
hisobga olish ma‘lumotlari, davlat kadastrlari ma‘lumotlari davlat kadastrlari 
yagona tizimining asosini tashkil etadi. Davlat kadastrlari yagona tizimi doirasida 
hududlarni kompleks baholash uchun zarur bo‗lgan boshqa ma‘lumotlar ham 
jamlanadi. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin