39
dasturiy mahsulotda raqamli kartografik asosda unga atributiv ma‘lumotlar
bazasini bog‗lagan holda GAT-loyiha yoki 1:200 000
bazaviy masshtabdagi
tematik qatlam ko‗rinishida amalga oshirilishi lozim. Raqamli kartografik asos va
ma‘lumotlar bazasining texnik parametrlari (klassifikatorlar, shartli belgilar va
boshqalar ―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasi ) bilan davlat kadastrining har bir turi
bo‗yicha alohida kelishuvdan o‗tkaziladi.
Davlat kadastrlari yagona tizimi ob‘ektlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar
respublika uchun yagona texnologiya bo‗yicha quyidagi vazirlik va idoralar
tomonidan taqdim etiladi: davlat yer kadastri bo‗yicha - «Davyergeodezkadastr»
qo‗mitasi; konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish
hollari davlat kadastri bo‗yicha - O‗zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va
mineral resurslar qo‗mitasi; davlat suv kadastri bo‗yicha - O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi
(tabiiy suv manbalari), O‗zbekiston Respublikasi
Davlat geologiya va mineral
resurslar qo‗mitasi (yer osti suvlari), O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv
Xo‗jaligi Vazirligi (suv resurslaridan foydalanish va yerlarning meliorativ holati);
davlat o‗rmon kadastri bo‗yicha - O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv
Xo‗jaligi Vazirligining, O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasi; o‗simlik
dunyosi
ob‘ektlari davlat kadastri bo‗yicha - O‗zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni
muhofaza qilish qo‗mitasi; hayvonot dunyosi davlat kadastri bo‗yicha -
O‗zbekistan Respublikasi davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi; muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi
davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi; binolar va inshootlar davlat kadastri
bo‗yicha –―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasi; davlat shaharsozlik kadastri bo‗yicha
- O‗zbekistan Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‗mitasi; gidrotexnika
inshootlari davlat kadastri bo‗yicha - O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi yirik va alohida muhim suv xo‗jaligi ob‘ektlarining texnik
holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, boshqa
vakolatli organlar; madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri bo‗yicha -
O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi;
chiqindilarni
40
ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri bo‗yicha - O‗zbekiston
Respublikasi Davlat tabiatni Muhofaza qilish qo‗mitasi; kartografiya-geodeziya
davlat kadastri bo‗yicha - «Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi; hududlar davlat
kadastri bo‗yicha
Dostları ilə paylaş: