36
1.4
Davlat kadastrlari yagona tizimini (DKYAT) yaratish va yuritish.
Davlat kadastrlarining yagona tizimi.
Davlat kadastrlarining yagona tizimi
O‗zbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining
yagona umumdavlat
hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta‘minlashga
mo‗ljallangan ko‗p maqsadli axborot tizimi tarzida yuritiladi. Davlat kadastrlari
yagona tizimiga kiritiladigan davlat kadastrlarining axborotini taqdim etish tartibi
davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan
belgilanadi.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagilar kiradi:
davlat
yer kadastri;
foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar davlat kadastri; davlat suv
kadastri; davlat o‗rmon kadastri; o‗simliklar dunyosi ob‘ektlari davlat kadastri;
hayvonot dunyosi davlat kadastri; muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar davlat
kadastri; binolar va inshootlar davlat kadastri; davlat shaharsozlik kadastri;
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; tarixiy va
madaniy yodgorliklar davlat
kadastri; avtomobil yo‗llari davlat kadastri; temir yo‗llar davlat kadastri; transport
quvurlari davlat kadastri; aloqa ob‘ektlari davlat kadastri; energetika ob‘ektlari
davlat kadastri; chiqindilarni ko‗mib tashlash va utillashtirish
joylari davlat
kadastri; tabiiy xavfi yuqori bo‗lgan tegralar (zonalar) davlat kadastri; texnogen
xavfi yuqori bo‗lgan tegralar davlat kadastri; kartografiya-geodeziya davlat
kadastri; hududlar davlat kadastri.
Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT) - davlat kadastrlarining turlarini
birlashtiruvchi ko‗p maqsadli axborot tizimidir. Davlat kadastrlari yagona tizimini
yuritsh O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya,
kartografiya va davlat
kadastri davlat qo‗mitasi (―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasi) tomonidan amalga
oshiriladi. Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish hukumatimiz
tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib boriladi.
Davlat kadastrlari yagona tizimi davlat hokimyati va boshqaruvi organlarini,
yuridik va jismoniy shaxslarni ularning faoliyati uchun zarur bo‗lgan
barcha
turdagi davlat kadastrlari axborotlari bilan tezkor taminlash uchun mo‗ljallangan.
37
Belgilangan tartibga muvofiqlashtirilgan kadastr ob‘ektlarining huquqiy
maqomi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, kartografiya-geodeziya materiallari, statistik
hisobga olish ma‘lumotlari, davlat kadastrlari ma‘lumotlari
davlat kadastrlari
yagona tizimining asosini tashkil etadi. Davlat kadastrlari yagona tizimi doirasida
hududlarni kompleks baholash uchun zarur bo‗lgan boshqa ma‘lumotlar ham
jamlanadi.
Dostları ilə paylaş: