-
«Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi.
Mustaqil o‟rganish uchun savollar:
1. Davlat kadastrlari yagona tizimi nima maqsadda yuritiladi?
2. DKYT ning ob‘yektlari?
3. DKYT ning sub‘yektlari?
4. Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari ?
5. Davlat kadastrlariga doir axborotlarni qanday tartibda taqdim etiladi?
1.5
Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli ma‟lumotlar
tematik qatlamlari
Davlat kadastrlari yagona tizimi Geoaxborot tizimining bazaviy kartografik
asosi 1:200 000 masshtabli kartaga muvofiq keladigan quyidagi tematik
qatlamlardan tashkil topadi: ―Matematik asos‖ tematik qatlami;―Gidrografiya‖
tematik qatlami; ―Joy rel‘efi‖ tematik qatlami; ―Aholi punktlari‖ tematik qatlami;
―Aloqa yo‗llari‖ tematik qatlami; ―Tuproq-o‗simlik qoplami‖ tematik qatlami;
―Siyosiy va ma‘muriy chegaralar‖ tematik qatlami.
Davlat kadastrlari yagona tizimi Geoaxborot tizimi (GAT) bazaviy
kartografik asosi hamda davlat kadastrlarining tegishli GATlarini tematik
qatlamlarini yuritish uchun zarur kartografik asoslar ―Davyergeodezkadastr‖
qo‗mitasi tomonidan shakllantiriladi hamda davlat kadastrlarini yuritish bo‗yicha
vakolatli organlarga taqdim etiladi.
Davlat kadastrlari yagona tizimi GATga tegishli tematik qatlamlarning
matematik asosi bazaviy kartografik asosning matematik asosiga muvofiq bo‗lishi
lozim. Tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli ob‘ektlarni (nuqtalar, chiziqlar
va poligonlarning) o‗zaro bog‗liqligi va yondoshligi ularni fazoviy joylashuvini
inobatga olgan holda tasvirlanadi. Qatlamlarning atributiv ma‘lumotlari davlat
tilida yuritiladi.
41
Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli kadastrlar ma‘lumotlari bu
kadastrlarni
yuritish
bo‗yicha
vakolatli
organlar
tomonidan
―Davyergeodezkadastr‖ qo‗mitasini Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya
milliy markaziga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri bo‗yicha – har yili
mart oyida;
2) davlat suv kadastri (yer osti suvlari va suvdan foydalanish bo‗limlari),
davlat o‗rmon kadastri, o‗simlik dunyosi ob‘ektlari davlat kadastri, muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri, davlat shaharsozlik kadastri,
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri, madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri,
avtomobil yo‗llari davlat kadastri, yetkazib berish quvurlari davlat kadastri, aloqa
ob‘ektlari davlat kadastri, energetika ob‘ektlari davlat kadastri, chiqindilarni
ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri, tabiiy xavf yuqori bo‗lgan
zonalar davlat kadastri (xavfli geologik jarayonlarning yuzaga chiqish hollari va
seysmik xavf yuqori bo‗lgan zonalar qismlari) bo‗yicha – har yili aprel oyida;
3) hayvonot dunyosi davlat kadastri bo‗yicha – har yili may oyida;
4) temir yo‗llar davlat kadastri, konlar, foydali qazilmalar va texnogen
hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri bo‗yicha – har yili iyun oyida;
5) davlat suv kadastri (yer usti suvlari bo‗limi), tabiiy xavf yuqori bo‗lgan
zonalar davlat kadastri (gidrometeorologik hodisalar xavfi yuqori bo‗lgan zonalar
qismi) bo‗yicha – har yili dekabr oyida;
6) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri, kartografiya-
geodeziya davlat kadastrlari bo‗yicha – yilning har choragidan keyingi oyning
o‗ninchi sanasiga qadar.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli ma‘lumotlar davlat yer kadastri,
binolar va inshootlar davlat kadastri, kartografiya-geodeziya davlat kadastrlari
bo‗yicha o‗tgan chorakning oxirgi sanasi holatiga ko‗ra, boshqa davlat kadastrlari
bo‗yicha, o‗tgan yilning 31- dekabr sanasi holatiga ko‗ra taqdim etiladi. Har bir
davlat kadastri bo‗yicha tematik qatlamlar va ularning atributiv ma‘lumotlar
jadvali yaratiladi va ular quyidagilardan iborat bo‗ladi:
|