Ionlashtiruvchi nurlanish manbai
o‗zidan ionlashtiruvchi nurlanish
chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir bo‗lgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda;
Ionlashtiruvchi
nurlanish
manbalaridan
foydalanuvchilar
-
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib oluvchi, ishlab chiqaruvchi, hosil
qiluvchi, qayta ishlovchi, ulardan foydalanuvchi, ularni saqlovchi, ularga xizmat
ko‗rsatuvchi, ularni tashuvchi, zararsizlantiruvchi va ko‗mib tashlovchi yuridik va
jismoniy shaxslar;
Kuzatuv zonasi -
radiatsiyaviy monitoring o‗tkaziladigan sanitariya-
muhofaza zonasidan tashqaridagi hudud;
Radiatsiyaviy avariya
- uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning xatti-
harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar
tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan normalardan ko‗proq nurlanish
olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan
yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan
chiqishi;
Radiatsiyaviy xavfsizlik -
fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi
nurlanishning zararli ta‘siridan muhofazalanganlik holati;
Sanitariya-muhofaza zonasi -
ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi
hudud bo‗lib, u yerda fuqarolarning nurlanish olish darajasi mazkur manbadan
normal foydalanish sharoitida aholi uchun nurlanish dozasining belgilangan asosiy
chegarasidan oshishi mumkin;
Tabiiy radiatsiyaviy fon
- kosmik nurlanish orqali hamda yerda, suvda,
havoda, biosferaning boshqa elementlarida, oziq-ovqat mahsulotlarida va inson
organizmida tabiiy ravishda taqsimlangan tabiiy radionuklidlarning nurlanishi
orqali hosil bo‗ladigan nurlanish dozasi;
Texnogen ravishda o„zgartirilgan radiatsiyaviy fon -
inson faoliyati
natijasida o‗zgargan tabiiy radiatsiyaviy fon;
Dostları ilə paylaş: |