202
Shaharsozlik
- kompleks ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-texnika,
arxitektura-
badiiy va sanitariya-gigienik yechimlarni ta‘minlaydigan aholi punktlari,
qishloqlararo hududlarni rejalashtirish hamda qurish nazariyasi va amaliyoti;
Shaharsozlik faoliyati
- tegishli davlat hokimiyati organlarining,
yuridik va
jismoniy shaxslarning fuqarolar, ijtimoiy va davlat manfaatlari, shuningdek
hududlar
va aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy
xususiyatlari hisobga
olingan holda hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni
shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish,
qurilish
materiallari va buyumlar ishlab chiqarish turlarini belgilash, binolar, inshootlar va
boshqa ob‘ektlarni loyihalash, qurish hamda rekonstruksiya qilish sohasidagi
faoliyati;
Shaharsozlik hujjatlari
-
hududlarni, aholi punktlarini va qurilishlarni
rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‗g‗risidagi belgilangan
tartibda tasdiqlangan hujjatlar;
Yer uchastkasi
– hududning (yer sirtining)
davlat yer kadastrida aks
ettirilgan berk shakldagi tayinli chegara, huquqiy rejim va boshqa tavsiflarga ega
bo‗lgan bir qismidir.
Kadastr raqami
– mulk qilib olingan yoki egalik qilish, foydalanish uchun
yohud ijara qilib yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan yer uchastkasiga berilgan
identifikatsion raqam, u yer uchastkasi uchun uning bir butun holida mavjud
bo‗lishi davrida saqlanib qoladi.
Yer uchastkasiga oid muolajalar
– shunday protseduraki, uning vositasida
yer uchastkasiga bo‗lgan
huquqlar belgilanadi, o‗zgartiriladi, boshqa shaxslarga
o‗tkaziladi, cheklanadi va bekor qilinadi. Yer uchastkasiga oid muolajalar
O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Servitut
– begona yer uchastkasidan cheklangan
tarzda foydalanish
huquqidir.