Loyiha ofisi – Transformatsiya dasturini bevosita muvofiqlashtirish bilan shug'ullanadi va davlat korxonasi rahbarlari va xodimlari bilan birgalikda davlat korxonalari samaradorligini oshirish bo'yicha tashabbuslarni tatbiq etadi.
Loyiha ofisi muntazam ravishda Transformatsiya dasturi amalga oshish jarayoni, vujudga kelayotgan to'siqlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga hisobot beradi. Ushbu Muvofiqlashtiruvchi Kengash, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida» gi Qarori bilan tashkil etilgan bo'lib, unga Davlat rahbari raislik qiladi.
Transformatsiya dasturining amalga oshirish shaffofligi ham nazorat tizimining muhim va zarur tarkibi hisoblanadi va bu dastur natijalari to'g'risidagi hisobotlarni doimiy ravishda har yili chop etish yo'li orqali ta'minlanadi.
7. Loyiha ofisi – Loyiha boshqaruvi milliy agentligining bo'limi bo'lib, kompaniyalar rahbarlari va xodimlari bilan birgalikda samaradorlikni oshirish bo'yicha tashabbuslarni ishlab chiqadi va joriy etadi. U bir nechta guruhlarga bo'lingan bo'lib, o'nlab xodimlar faoliyat yuritishadi. Har bir guruh bitta kompaniyaga javob beradi.
Dostları ilə paylaş: |