14
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Kreditning mohiyatini ochish — bu uning sifatlarini,
kreditning muhim tomonlarini, uning iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi
sifatida ko‘rsatuvchi asoslarni bilish demakdir. Iqtisodiy kategoriya sifatida
kreditning mohiyati ko‘pgina iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilib chiqilgan va
ular tomonidan kreditning mohiyati bo‘yicha fikrlar bildirilgan. Kreditning
mohiyatini tushunish uchun avvalom bor, uning tarkibi nimadan iborat ekanligini
tushunib olish zarur.
Ijtimoiy iqtisodiy tizimida kreditning o‘rni va roli u bajarayotgan funksiyalari
bilan aniqlanadi. Kreditning funksiyasi — bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatning
muayyan ravishda namoyon bo'lishidir. Kreditni tahlil qilishda, uning funksiyasi
mohiyati va roli o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in sifatida ko‘rib chiqiladi. Kredit tomonidan
bajariladigan
funksiyalar
turli
adabiyotlarda
turlicha
beriladi.Kreditning
ta’minlanganlik ta’moyili qarz oluvchi o‘ziga olgan majburiyatlarni buzish
sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi
va o‘zining amaliy aksini kreditni biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida
berishda topadi. Bu umumiqtisodiyot barqarorlikka erishish davrida ayniqsa
muhimdir.
Kredit tovar — pul bozor munosabatlari mavjud sharoitidagi takror ishlab
chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi. Kredit
— bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini m a’lum muddatga, haq to'lash sharti
bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar
yig‘indisidir. Ssuda kapitali — bu faoliyat ko‘rsatuvchi kapital aylanishiga xizmat
qiluvchi va foiz keltiruvchi ssuda (qarz)ga beriladigan pul kapitalidir. Kredit
munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. Uning asosiy
elementlari bo ‘lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari m a’lum tamoyillar asosida
olib boriladi. Ssuda kapitali o ‘ziga xos tovar sifatida gavdalanar ekan, u holda undan
foydalanishda to‘lanadigan foiz kapital «baho»si bo'lib ishtirok etadi.
|