13
4. Kredit nazariyalari tanqidi
Turli davrlardagi yashab ijod qilgan iqtisodchilar kreditni iqtisodiyotda
hamda takror ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rniga turlicha balio berib kelganlar,
ularning ayrimlari kreditga yuksak baho berganlar, ikkinchi guruh iqtisodchilari uni
o‘rnini keyingi darajaga qo'yib kelganlar. Kredit to‘g‘risidagi nazariyalar ikki
guruhga bo’linadi. Ularning birinchisi kreditning naturalistik nazariyasi deb
nomlanadi. Bu nazariyaning asoschilari bo‘lib A.Smit va D.Rikardolar
hisoblanadilar. Bu nazariyaga asosan kreditning ahamiyati pasaytiriladi, ya’ni kredit
faqat jamiyatda taqsimlangan kapitalni alohida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida qayta
taqsimlash shakli bo'ladi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish omili bo‘la
olmaydi. Bu nazariyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
— kredit moddiy qiymatliklami bir qo'ldan ikkinchisiga o‘tkazishda texnik
vosita (qurol) bo‘lib hisoblanadi.
— kredit obyekti bo'lib natural (ishonchsiz) ashyoviy boyliklar hisoblanadi;
— ssuda kapital haqiqiy kapitalga tenglashtiriladi va uni harakati ishlab
chiqarish kapital harakatiga mos keladi;
— banklar moddiy qiymatliklami bir mulk egasidan ikkinchi mulkdorga
o‘tkazib beruvchi vositachi sifatida ishtirok etadi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan kredit nazariyasi yo‘nalish namoyondalari
tomonidan kredit to‘g‘risida va uni takror ishlab chiqarish jarayonida noto‘g‘ri
xulosaga kelganliklarini bildiradi. Chunki ular kreditning (ssuda kapitalini)
harakatini, ishlab chiqarish kapitali, tovar kapitalining harakatini noto‘g‘ri ko‘rsatib
beradilar. Hattoki kreditni qayta taqsimlash funksiyasini ham oxirigacha olib bera
olmaydilar. Bu nazariya tarafdorlarining kamchiligi shuki, ular kreditni ishlab
chiqarishga bevosita bog'liq, lekin ishlab chiqarish u hech qanday ijobiy ta’sirini
ko‘rsatib bera olmaganlar. Haqiqatda esa kredit ssuda kapitalining harakatini natijasi
bo‘lib, ikki xususiyatga ega, ya’ni kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga
ta’sir ko‘rsatishi, yoki unda qarama qarshiliklarni ham vujudga keltirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: