Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali
foydalanish yo’llari
Bobur Ruxiddin o’g’li Amirqulov
Barno Ismailovna Nurmuxamedova
Toshkent moliya instituti
Annotatsiya:
Maqolada davlat maqsadli fondlarining
iqtisodiy taraqqiyot va
ijtimoiy sohalarni rivojlantirishdagi ahamiyati o‘rganilgan, konsolidatsiyalashgan
byudjet tarkibida tutgan o‘rni va уларнинг barqarorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan,
davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
davlat maqsadli jamg‘armalari, tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasi, konsolidatsiyalashgan byudjet, iqtisodiy fondlar,
ijtimoiy fondlar,
fondlarning moliyaviy barqarorligi, davlat maqsadli jamg‘armalari taqchilligi
Ways for effective use of financial resources of state trust
funds
Babur Ruhiddin oglu Amirkulov
Barno Ismailovna Nurmukhamedova
Tashkent Financial Institute
Abstract:
The article discusses the importance of state trust funds in the
development of the economy and the social sphere, analyzes their place and importance
in the consolidated budget and indicators of their sustainability, develops
recommendations aimed at the effective use of financial resources of state trust funds.
Keywords:
state trust funds, Fund for Reconstruction and Development,
consolidated budget, funds for economic purposes, social funds, financial stability of
funds, deficit of state trust funds
Kirish
Davlatning iqtisodiyotda kechayotgan jarayonlarga ta’sir
etish qurollaridan biri
davlat maqsadli fondlaridir. Davlat byudjetdan tashqari maqsadli fondlar orqali jamiyat
talablariga mos ravishda pul mablag‘larini ijtimoiy va iqtisodiy sohalar o‘rtasida qayta
taqsimlanish jarayonini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining
rivojlanishini rag‘batlantirishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ijtimoiy
barqarorlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda,
davlat maqsadli
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1454
jamg‘armalari iqtisodiyotni va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan boshqarish va
tartibga solishda muhim vosita - dastak bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan
vazifalarga muvofiq aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta’lim
sifatini
ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish
hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib
chiqishda”
1
davlat moliyasi va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan davlat maqsadli
fondlari ham davlat byudjeti bilan birgalikda alohida o‘rin egallaydi. Davlat maqsadli
fondlari davlatning alohid ijtimoiy,
iqtisodiy, ekologik va boshqa funksiyalarini
amalga oshirishning moddiy-moliyaviy asosini tashkil etadi va mamlakat byudjet
tizimi bilan byudjet-moliya qonunchiligi bilan tartibga solinadigan muayyan
munosabatlarga kirishadi.
Tadqiqot usullari
Mazkur tadqiqot ishida ilmiy bilish va tadqiqot olib borish metodologiyasining
bir nechta usullaridan foydalanildi: davlat maqsadli fondlarining mohiyati, zarurligi va
ahamiyati - ilmiy adabiyotlarni o‘rganish usulidan, ularning tarkibi va tuzilishi - ilmiy
bilishning analiz va sintez usulidan, davlat maqsadli
fondlarining zarurligi va
ahamiyati - konkretlashtirish usulidan, davlat maqsadli fondlari byudjet
ko‘rsatkichlarining o‘zgarish dinamikasi - solishtirish usulidan, fiskal risklar tahlili
natijalari - umumlashtirish usulidan foydalanilgan holda amalga oshirildi.
Tahlil va natijalar
Bugungi kunda Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibidagi davlat maqsadli
jamg‘armalarining soni mamlakatda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarning aniq vaqtdagi ustuvorliklaridan kelib chiqib o‘zgarib bormoqda.
Xususan, ularning soni 2018-yilgacha bo‘lgan davrda 6 tani tashkil qilgan bo‘lsa,
2020-2021-yillarda 18 ta, 2022-yilda 23 ta, 2023-yilga kelib esa 24 tani tashkil qildi.
2007-yildan boshlab davlat byudjeti parametrlarida, keyinchalik esa
Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida alohida satr bilan Tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari ko‘zda tutila boshlandi. Mazkur
jamg‘arma eng avvalo, “ustuvor investitsiya loyihalarini
hamda iqtisodiyotning
bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga,
mamlakatni
muttasil,
barqaror
va
mutanosib
ravishda
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya siyosati
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022 — 2026-yillarga m o‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi
to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1455