Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lib, ularning
moliyaviy
resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan
samarali nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Bugungu kunda mamlakatimizda jami 24 ta davlat maqsadli jamg’armalari
mavjud bo’lib, ularning to’liq tarkibi qiyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Davlat maqsadli jamg‘armalarininh tarkibi
3
1.
«El-yurt umidi» jamg‘armasi
2.
Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib
qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga
etkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan
jamg‘arma
3.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
4.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni
qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya
qilish jamg‘armasi
5.
Bandlikka ko‘maklashish davlat
jamg‘armasi
6.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
7.
Jamoat ishlari jamg‘armasi
8.
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasi
9.
Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi
10.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi
11.
Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi
12.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
jamg‘armasi
13.
Tez tibbiy yordamni rivojlantirish
jamg‘armasi
14.
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish
jamg‘armasi
15.
Ta’lim kreditini moliyalashtirish
jamg‘armasi
16.
Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi
17.
Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi
18.
Byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish,
transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi
19.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi
20.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli
jamg‘armasi
21.
Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish
maqsadli jamg‘armasi
22.
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish
jamg‘armasi
23.
Byudjetdan tashqari Respublika maqsadli
kitob jamg‘armasi
24.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
So’nggi yillarida mamlakatimizda davlat maqsadli jamg’armalarining soni
oshishi bilan birga, mos ravishda ularning daromadlari va xarajatlari miqdori ham o’sib
boorish tendensiyasiga ega. Biroq, davlat maqsadli jamg’armalarining
daromadlari
xarajatlari qoplashga yetarli miqdorda bo’lmagani bois, davlat byudjetidan davlat
maqsadli jamg’armalariga har yili transfertlar ajratishga to’g’ri kelmoqda.
Quyida
keltirilayotgan 2-jadvalda 2020-2022 yillarda davlat maqsadli jamg’armalarining
daromadlari, xarajatlari va ajratilgan transfertlar miqdori keltirilgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2020
yilda davlat maqsadli
jamg‘armalari (O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini
hisobga olmaganda) daromadlari 25 385,1 mlrd. so‘mni tashkil qilib, xarjatlari esa 35
3
“2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti to‘g‘risida”gi 30.12.2021 yildagi O‘RQ-742-son Qonunning 3-
ilovasi asosida tayyorlangan
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
1261
413,6 mlrd. so‘m miqdorda bo’gan. Natijada davlat byudjetidan 2020 yilda 9 248,1
mlrd. so‘m transfert ajratilgan. 2022 yilda esa davlat maqsadli jamg‘armalarining
daromadlari 31 935,9 mlrd. so‘m, xarajatlari 58 179,0 mlrd. so‘m va tarnsfertlar 25
900,1 mlrd. so‘m bo’lishi prognoz qilingan.
2-jadval
Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari, xarajatlari va ularga ajratilagan
transfertlar miqdori
4
,
mlrd. so‘mda
№
Ko‘rsatkichlar
2020 yil
2021 yil
2022 yil
1.
Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari
25 385,1
26 173,9
31 935,9
2.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga
tushumlar
5 115,0
5 336,2
8 495,3
3.
Davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari
35 413,6
40 772,5
58 179,0
4.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
mablag‘larining sarflanishi
5 115,0
13 423,6
7 727,1
5.
Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlar
9 248,1
15 928,9
25 900,1
Xulosa o’rnida ta’kidlash lozimki, mamlakatmiz moliya tizimida davlat maqsadli
jamg’armalarining o’rni beqiyos bo’lib, ular nafaqat moliya tizimi barqarorligida balki
aholining ijtimoiy turmush farovonligini oshirishda muhim o’rin egallab kelmoqda.
Shu boisdan, hozirgi kunda davlat maqsadli jamg’armalari faoliyatini yanada
rivojlantirish, ularning moliyaviy barqarorligi oshirishga
qartilgan islohotlar faol
tarzda amalga oshirilib kelinmoqda. Yuqoridagi tahlil natijalarga asoslangan holda
ta’kidlash joizki, mamlakatimiz moliya tizimining asosiy bo’g’inlaridan hisoblangan
davlat maqsadli jamg’armalari faoliyatining rivojlantirilishi
va ularning molyaiviy
barqarorligini yanada oshirilishi pirovardida moliya tizimi barqarorligining
mustahkamlanishiga imkon yaratadi.
Dostları ilə paylaş: