Reja: 1. Davlat moliyasi tushunchasi. 2. Davlat moliyasining iqtisodiy mohiyati 3. Davlat byudjeti. 4. Davlat qarzlarini boshqarish.
Davlat moliyasi tushunchasi.
Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. D.m.ning mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. D. m. pul jamgʻarmalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. D. m. tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi, hukumatga qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti kabi turlarga bo’linadi.
Birinchi marta "Davlat moliyasi" atamasi 16-asrda Fransiyada ishlatila boshladi. Oʻsha davrda davlat moliyasi turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik davlatlarning vujudga kelishi va ular harajatlarining ortib borishi bilan nakd pulga ehtiyoj oʻsdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yigʻib olinadigan boʻldi, majburiy soliqlar va zayomlar davlat zayomlari bilan almashindi. Buning oqibatida davlat moliyasining murakkab tizimi vujudga keldi.

Davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir.