O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” kafedrasi
“IQTISODIY SIYOSATGA KIRISH” fanidan
Bajardi: IQT-DU-20 guruh talabasi Qayumov Akbarjon
Qabul qildi: Turon FA akademigi R.Ahmedov
Davlat mulkini xususiylashtirishni boshqarish – iqtisodiyotni tartibga solish vositasi Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’’ ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitni vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Uzoq yillar mobaynida Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar qatori bizning Respublikamiz iqtisodiyotida ham umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat ahzolari o’rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning mahlum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, O’zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabrg’, 425-XII-son) quyidagicha tahrif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo’jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obhektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir.
Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha.