47
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISHNING XORIJIY MAMLAKATLAR
TAJRIBASI
Abdullayeva Mohinabonu Xayrullayevna
Geologiya Fanlari Universiteti, Geologiya Qidiruv ishlari iqtisodiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqola davlat mulki va davlat mulkini xususiylashtirish hamda xorijiy
mamlakatlar tajribalari asosida tahlil qilishga bag’ishlangan.Xususiylashtirish tushunchasi va
xususiylashtirish O’zbekistonda va boshqa mamlakatlarda qay tartibda bo’lishi ko’rib chiqilgan.
Kalit so’zlar: xususiylashtirish, mulk, davlat tasarrufidan chiqarish, investor, iqtisodiyot,
konyunktura.
Avvalo davlat mulki bu mulkdorlikning barcha shakllari, barcha mol-mulklar va mulkiy huquqlar uchun
davlatga qarashli va uning vazifalarini bajaradi. Davlat mulki tushunchasi "davlat" tushunchasi bilan
uzviy bog‘langan bo‘lib, ular doimo bir-biriga taalluqlidir. Davlat mulkini xususiylashtirish haqida so’z
yuritadigan bo’lsak,davlat mulkini xususiylashtirish bu - davlatning o’z ixtiyoriga kiradigan mol-mulk
obyektlari, korxonalar, ishlab chiqarish vositalari, transport vositalari, uy-joy, tabiat resurslari va
boshqalarni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar,davlatga tegishli bo’lmagan yuridik shaxslarga
berishi yoki sotilishi shuningdek davlat mulki asosida turli mulkl shakllarini vujudga keltirish.
Xususiylashtirish — jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning
ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib
olishidir.
1
Davlat mulkini xususiylashtirish davlat mulkini kelgusida shu mulk negizida xoʻjalik faoliyati
yurituvchi va uning natijalari boʻyicha toʻliq mulkiy masʼuliyatni zimmasiga oluvchi iqtisodiy
subʼyektlarga turli shartlarda berish yoki sotish orqali amalga oshiriladi va mulk egasini oʻzgartirishni
nazarda tutadi. Davlat tasarrufidan chiqarish va davlat mulkini xususiylashtirish mulkni bepul berish,
korxonani imtiyozli shartlarda sotish, aksiyalarni sotish, korxonalarni ijaraga berish, mayda korxonalarni
kim-oshdi savdosida sotish va boshqa usullarda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanishi man etilgan shaxslar davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan
obyektlarni sotib olishlari, tanlov va kim oshdi savdosida xaridor sifatida qatnashishlari,
xususiylashtirilayotgan korxonalarning (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) aksiyalarini sotib
olishlari mumkin emas. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxini
ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi belgilaydi. Sotuv narxini belgilashda obyektning davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtidagi qiymatiga asoslaniladi hamda davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish o‘tkazilayotgan paytdagi bozorning joriy konyunkturasi va obyektning
qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv omillar majmui hisobga olinishi lozim. Davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
1
https://lex.uz/docs/-12701
SYNERGY: JOURNL OF ETHICS AND GOVERNANCE
Dostları ilə paylaş: |