O‘zbekiston qarzdor bo‘lgan ikkinchi yirik davlat bu – yaponiya. 2019 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, o‘zbekiston ushbu davlatdan 1,049 milliard aqsh dollari qarz bo‘lgan. 2020 yil boshida bu raqamlar 1,831 milliard aqsh dollariga o‘sadi.
O’zbekistonning xitoy oldidagi tashqi qarzlari 2015 yilning yanvar oyidan 2019 yilning yanvarigacha asta-sekin 1,055 milliarddan 1,964 milliard aqsh dollariga qadar o‘sib borgan. Ya’ni, yiliga taxminan 200-300 million aqsh dollari atrofida qarzdorlik qo‘shilgan. 2020 yilning boshiga kelib, bir yil uchun 1,042 milliard aqsh dollari yoki umumiy qarzning 53 foizi qarzdorlik sifatida qo‘shiladi.
Fransiya - 27 million AQSh dollaridan 573,1 million AQSh dollariga (21 barobar) o‘sgan; Janubiy Koreya - 114,1 million AQSh dollaridan 568,2 million AQSh dollariga (deyarli 5 barobar) o‘sgan; Rossiya - 69,8 million AQSh dollaridan 120,5 million AQSh dollariga (deyarli 2 barobar) o‘sgan; AQSh - 28,9 million AQSh dollaridan 26,7 million AQSh dollariga kamaygan.
Xalqaro moliya institutlari bo‘yicha qarzdorlik.
Osiyo taraqqiyot banki - 3,929 milliard AQSh dollari;
Jahon banki - 2,795 milliard AQSh dollari;
Islom taraqqiyot banki - 869,7 million AQSh dollari.
Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda to’lanadi.
Tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada to’lanadi.
2023 йил 1 yanvar holatiga o‘zbekistonning davlat qarzi 29,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1 iyul holatiga ko‘ra, qarz miqdori 31,5 milliard dollarga yetgan. 2024 yilda yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 37 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etgan 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan byudjetnomada ma’lumot berildi.
“Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan davlat organlarining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari belgilan-di. Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.