Ichki qarz (davlat mamlakatning o’zidagi iqtisodiy sub’yektlardan qarzdor bo’ladi)
Tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqalardan qarzdorlik)
Davlat ichki qarzi
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish natijasida yuzaga kelgan O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari yig‘indisi davlat ichki qarzidir.
Davlat ichki qarzi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat g‘aznachilik obligatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari o‘rtasida birlamchi tarzda joylashtirish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlaridan mablag‘ni kreditlar va kredit liniyalari vositasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlaridan mablag‘ni qarz oluvchi-rezidentlar tomonidan davlat kafolati ostida jalb qilish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar.
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish O‘zbekiston Respublikasi valyutasida yoki chet el valyutalarida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida yuzaga kelgan O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari yig‘indisi davlat tashqi qarzidir.
Davlat tashqi qarzi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro obligatsiyalarni (bundan buyon matnda suveren xalqaro obligatsiyalar deb yuritiladi) va davlat g‘aznachilik obligatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari o‘rtasida birlamchi tarzda joylashtirish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar;
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan mablag‘ni kreditlar va kredit liniyalari vositasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar;
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan mablag‘ni qarz oluvchi-rezidentlar tomonidan davlat kafolati ostida jalb qilish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar.
Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish O‘zbekiston Respublikasi valyutasida yoki chet el valyutalarida amalga oshirilishi mumkin.