Mamlakatning tashqi qarzi va defolt e’lon qilish mohiyatini izohlang. Davlat qarzi



Yüklə 47,88 Kb.
tarix29.06.2022
ölçüsü47,88 Kb.
#62488
MAKROIQTISODIYOT


1 B
2 D
3 C
4 A
5 D
6 B
7 D
8 B
9 Mamlakatning tashqi qarzi va defolt e’lon qilish mohiyatini izohlang.
Davlat qarzi — davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va boshqa usullar bilan oladi. Investiitsiya davlat qarzi deb hisoblanmaydi. Davlat qarzining toʻlov davriga koʻra qisqa muddatli va uzoq muddatli, tarkibiga koʻra ichki qarz (davlat mamlakatning oʻzidagi iqtisodiy subʼyektlardan qarzdor boʻladi) va tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va b.dan qarzdorlik) kabi turlari bor. Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi. Davlat qarzi ning darajasi, yaʼni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yigʻindisini davlat byudjeti summasiga nisbati bilan oʻlchanadi, yaʼni toʻlov majburiyati byudjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. Davlat qarzi ning haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni toʻlash uchun zarur pul byudjetda soliklarni oshirish orqali toʻplanadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning koʻpayib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham toʻgʻri keladi. Vaqtida toʻlanmagan tashqi qarzga qoʻshimcha foiz toʻlanadi, undiriladigan foiz qarzga qoʻshilib, uning miqdori yanada oshadi.
Defolt – bu bankrot bo’lishdir, ya’ni davlatning tashqi va ichki qarzlarini to’lay olmaganda dfolt e’lon qiladi.

10.

Chizmada ma’lum bir davrda iqtisodiy faollikning darajalari haqida ma’lumot keltirilgan. Chizmada Iqtisodiyotning faollik darajasining maksimum cho`qqisi, minimum quyi chgaralari qaysi davrlarda ro’y berganining nuqtasi ham kltirib o`tilgan.
Yüklə 47,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin