Davlat shakllari

Prezidentlik respublikasi

Yüklə 9,21 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü9,21 Kb.
#208107
1   2   3
Davlat shakllari taqdimot

Prezidentlik respublikasi. Bunda prezident, qoida tariqasida, davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i hisoblanadi. Prezident hukumatni shakllantiradi va hukumat uning oldida javobgar bo‘ladi (AQSH, Rossiya, Braziliya, Argentina, Meksika va boshqalar). Prezident umumxalq saylovlari asosida o‘z lavozimiga saylanadi.
Aralash respublika. Bunday boshqaruv shaklida davlat boshlig'i - prezident xalq tomonidan saylanadi. U hukumat boshlig‘ini tayinlashda rasman ishtirok etadi, lekin hukumat boshlig‘i va a’zolari parlamentdagi ko'pchilik tomonidan shakllantiriladi (Fransiya, Finlyandiya). Boshqaruvning bunday shaklida prezident konstitutsiya asosida ijro hokimiyati va hukumat o'rtasida hal qilib bolmaydigan ziddiyatlar kelib chiqqan holatda parlamentni tarqatib yuborish vakolatiga ega bo'ladi.

Davlatning tuzilish shakli – bu davlatning siyosiy va ma’muriy-hududiy tuzilishi bo'lib, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tavsiflaydigan davlat shaklining tarkibiy qismidir.

Unitar
Federativ
Konfederativ
Unitar tuzilishdagi davlat yagona bo'lib, u tarkibiy qismlari suverenitet belgilariga ega bo'lmagan ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘ladi.
Federativ tuzilishga ega bo‘lgan davlat - bu mustaqil bo‘lgan bir necha davlat tuzilmalarining ixtiyoriy asosda birlashgan yagona ittifoqi. Federativ davlatning milliy, hududiy (AQSH, Meksika, Hindiston) va milliy-hududiy (Rossiya Federatsiyasi) shakllari mavjud.
Konfederatsiyabu siyosiy, harbiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda muayyan maqsadlarga erishish uchun tashkil qilinadigan davlatlarning muvaqqat ittifoqi.

Siyosiy (davlat) rejim(i) – bu siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirishda qo'llaniladigan usul, uslub va vositalar yig'indisidir. Siyosiy rejim davlat hokimiyatining aholi bilan o‘zaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon bo'ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday, davlat organlari o‘z hududlarida yashovchi aholini boshqarish bo‘yicha amalda qanday rol o'ynaydi degan savollarga javob beradi.

Demokratik rejim
Nodemokratik
Yüklə 9,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin