Davlat shakli – bu o‘z ichiga davlat boshqaruvi, davlat tuzilishi va siyosiy (davlat) rejimni qamrab oluvchi siyosiy hokimiyatni tashkil etish usullari yig‘indisidir.
Davlat shakli – bu o‘z ichiga davlat boshqaruvi, davlat tuzilishi va siyosiy (davlat) rejimni qamrab oluvchi siyosiy hokimiyatni tashkil etish usullari yig‘indisidir.
Davlat shakllarining uch tarkibiy qismi
boshqaruv shakli
davlat tuzilishi shakli
siyosiy idora usuli
- boshqaruv shakli, ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibi;
- davlat tuzilishi shakli, ya’ni davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlar o'rtasidagi o‘zaro munosabatlarning muayyan tartibi;
- siyosiy (davlat) rejim, ya’ni siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirish usul va uslublari.
Davlat shakllarining rivojlanishi va o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
- ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy-madaniy muhit;
- tarixiy, milliy va diniy an’analar, urf-odatlar;
- tabiiy, geografik va iqlimiy shart-sharoitlar;
- siyosiy kuchlarning o‘zaro nisbati;
- jamiyatni g'oyaviylashtirish va siyosiylashtirish darajasi.
Davlatning boshqaruv shakli
Davlat boshqaruv shakli – bu davlat hokimiyatining oliy organlarini tashkil etish hamda ushbu organlarning o‘zaro va aholi bilan bo‘lgan munosabatlarini belgilovchi davlat shaklining tarkibiy qismi. Shuningdek, muayyan mamlakatda davlat boshlig‘i (monarx yoki prezident)ning huquqiy maqomi bilan bog'liq masalalar ham davlat boshqaruv shaklining mazmuni tarkibiga kiradi.
Boshqaruv shakl
Monarxiya
Respublika
mutlaq (absolyut),
cheklangan,
dualistik (aralash),
teokratik.
Monarxiya (lotincha monos - yakka, arxe – hokimiyat ma’nosini anglatadi) - bunda, qoida tariqasida, oliy davlat hokimiyati yakka shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Odatda ' hokimiyat meros orqali o‘tadi.