Davlat soliq qoʻmitasi Institutni tartibga soluvchi rasmiy normalar



Yüklə 5,24 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü5,24 Kb.
#193784
Davlat soliq qoʻmitasi (1)

Davlat soliq qoʻmitasi

Institutni tartibga soluvchi rasmiy normalar (kodeks,qaror,farmon va qonunlar)


Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
By Ashurali
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasini" O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
Qo'mita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi (keyingi o'rinlarda qo'mita deb ataladi) soliq to'g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash sohasidagi nazorat bo'yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Qo'mita o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Soliq kodeksi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING Hozirgi kundagi SOLIQ KODEKSI 20 ta bo'lim 72ta bob va 483 moddadan tarkib topgan.
O'zbekistonda soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997-yil 24 aprelda qabul qilingan va 1998-yil 1 yanvardan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadi.Shundan keyin 30.12.2019 yilda soliq kodeksiga qoshimcha o'zgarishlar kiritildi.
Davlat soliq qo‘mitasining asosiy vazifalari
a) O‘zbekiston Respublikasining soliq to‘g‘risidagi qonunlariga, amaldagi boj qonunchiligiga rioya qilinishi, davlat soliqlari, tushumlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarning (O‘zbekiston Respublikasining pul birligida va xorijiy valyutada) o‘z vaqtida to‘liq va to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;:
b) soliqlar va budjetga boshqa to‘lovlarni to‘lovchilarni, soliq solinuvchi obyektlar bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash;
v) O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan soliq va boj siyosatini amalga oshirishda bevosita qatnashish;
g) soliq va bojxona organlarining vakolatiga taalluqli bo‘lgan qonun buzish hollari yuzasidan surishtiruvni amalga oshirish;
g) xo‘jalik yurituvchi subyektlar –– yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyatlarning barcha tekshirishlari va taftishlarini muvofiqlashtirish;
d) soliq va bojxona organlarining vakolatiga taalluqli bo‘lgan qonun buzish hollari yuzasidan surishtiruvni amalga oshirish;
e) soliq va bojxona organlarining xavfsizligini, ushbu organlar xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ularga nisbatan g‘ayri qonuniy tajovuzlar qilinishidan himoyalashni ta’minlash, bu faoliyatni huquqiy muhofaza qilish organlari bilan muvofiqlashtirish;
j) amaldagi qonunlarni buzish hollariga doir materiallarni, shuningdek, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani hal etish davlat soliq hamda bojxona organlarining vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda bunday ishlarni tergov va sud organlariga o‘tkazish;
z) yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish, poshlinalar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirib olish, shuningdek, boj qoidalariga rioya qilish masalalari bo‘yicha ariza va shikoyatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
i) yuridik va jismoniy shaxslar soliqlar, poshlinalar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va o‘z vaqtida to‘lash masalalari yuzasidan murojaat qilishganida ularga beg‘araz yordam ko‘rsatish va maslahatlar berish, budjet oldidagi majburiyatlarni bajarish tartibi haqida axborotlar berish.
Mol mulk soligʻi
Yer soligʻi
Daromad soligʻi
THANKS
Yüklə 5,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin