Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 turli nuqtai nazarlarni qabul qila olish va solishtira olish;
guruhda ishlash faoliyatini tashkil etish;
boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish va uni tanqid qila olish.
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish;
tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zining tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish;
guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta olish.
A2+ umumiy muammoni yechish uchun guruh faoliyatini loyihalashtira olish.
4. Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 matematika umumbashariy madaniyatning bir qismi ekanligini tushunish;
zamonaviy dunyoda matematikaning o‘rnini tushunish;
real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olish va bu usullar samarali ekanligini tushunish;
matematikaning har bir shaxsni mustaqillik, tanqidiy mulohaza yuritish kabi hislatlarni hosil qilish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligini tushunish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlash;
matematik faktlarni isbotlashga qo‘yilayotgan talablarni tushunish.
A2+ milliy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuntish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A2 aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy rejalarni tuza olish;
kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish;
o‘rganilayotgan formulalar bo‘yicha murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, tenglama va tengsizliklarni yechishda, yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda tayyor kompyuter dasturlardan foydalana olish.
A2+ ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish;
matematik masalalarni yechish kompyuter dasturlaridan foydalana olish.