I BOB. GEOMETRIYANING BOSHLANG‘ICH TUSHUNCHALARI (16 soat, А2+: 10 soat) 1-mavzu: Eng sodda geometrik shakllar. (2soat) 2-mavzu: Kesma. Kesmalarni taqqoslash va o‘lchash. (1 soat) А2+: Nuqtalarning geometrik o’rniga oid murakkabroq masalalar (4 soat) 3-mavzu: Uzunlik o‘lchov birlikdari. (1 soat) 4-5-mavzular: Burchak. Burchaklarni taqqoslash va o‘lchash. Transportir. (2 soat) 6-mavzu: Amaliy-tajriba va sinov mashqlari. (1 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat) 7-8-mavzular: Burchaklarning turlari. (2 soat) 9-10-mavzular: Perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar. (2 soat) 11-12-mavzular: Amaliy-tajriba va sinov mashqlari. (1 soat) А2+:Кеsmalarni va burchaklarni o’lchashga doir murakkabroq masalalar (4 соат). Nazorat ishi (1 soat, А2+: 1 soat). Хаtolar ustida ishlash. Маsala va testlarni yechish (1 soat, А2+: 1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan geometrik faktlarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlarni, burchaklarning asosiy turlarini (masalan, to‘g‘ri, o‘tkir, o‘tmas burchaklar) tassavur qila oladi, solishtira oladi va tasvirlay oladi;
berilgan burchak kattaligini, kesma uzunligini va masofani o‘lchay oladi va chamalab baholay oladi, kesma va burchaklarning kattaligi bo‘yicha solishtira oladi va tartiblay oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.