37-38-mavzular: Arifmetik kvadrat ildiz tushunchasi. Haqiqiy sonlar. (2 coat) 39-41-mavzular: Darajaning kvadrat ildizi. (3 soat) 42-44-mavzular: Ko‘paytmaning kvadrat ildizi. (3 soat) 45-46-mavzular: Kasrning kvadrat ildizi. (2 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A2 o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
qiymati ratsional son bo‘lgan kvadrat ildizlarni hisoblay oladi;
sodda vaziyatlarda qiymati irratsional bo‘lgan kvadrat ildizining qiymatini taqribiy hisoblay oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi;
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
47-49-mavzular: Kvadrat tenglama va uning ildizlari. Chala kvadrat tenglamalar. (3 soat) 50-51-mavzular: To‘la kvadrat ajratish usuli. Diskriminant. Kvadrat tenglamalarni yechishning al-Xorazmiy usuli. (2 soat) 52-54-mavzular: Keltirilgan kvadrat tenglama. (3 soat) 55-57-mavzular: Viet teoremasi. (3 soat)